Page 182 - “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
P. 182

va choʻllashish jarayoni uzumzorlarning biologik oʻsishi hamda hosil sifatiga salbiy
            taʼsir koʻrsatmoqda.
                  Iqtisodiy  omillar  qatorida  mehnat  quvvati  yetishmasligi  va  bozordagi
            noaniqliklar  asosiy  muammolardan  biri  hisoblanadi.  Mavsumiy  ishchi  kuchining
            yetishmasligi  natijasida  hosil  yigʻim-terimi  kechikib,  ayrim  hollarda  mahsulot
            yoʻqotishlarga  olib  keladi.  Shu  bilan  birga,  bozor  narxlarining  oʻzgaruvchanligi  va
            talabning  notekisligi  fermer  xoʻjaliklarining  iqtisodiy  barqarorligiga  salbiy  taʼsir
            koʻrsatadi, bu esa ularning investitsion faolligini ham cheklaydi.
                  Texnologik  omillar  ichida  zamonaviy  texnika  va  innovatsion  texnologiyalar
            yetishmasligi  uzumchilik  tarmogʻining  raqobatbardoshligini  pasaytiradi.  Aksariyat
            fermer xoʻjaliklarida mexanizatsiya darajasi past boʻlib, hosil yigʻish, qayta ishlash va
            saqlash jarayonlarida yuqori mehnat sarfi kuzatiladi. Bu esa, mahsulotning tannarxini
            oshirib, foydalilik koeffitsiyentini pasaytiradi.
                  Umuman  olganda,  Qoraqalpogʻistonda  uzumchilik  samaradorligini  oshirish
            tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash va texnologik
            yangilanishni  jadallashtirish  bilan  uzviy  bogʻliqdir.  Shu  nuqtayi  nazardan,
            uzumchilikni rivojlantirish boʻyicha kompleks yondashuvni amalga oshirish — yaʼni
            suv resurslarini tejamkor boshqarish, agrotexnologiyalarni modernizatsiya qilish va
            bozor  infratuzilmasini  rivojlantirish  —  hudud  qishloq  xoʻjaligi  iqtisodiyotining
            barqaror oʻsishi uchun muhim shart hisoblanadi.
                  Yuqorida  keltirilgan  tahlil  natijalari  shuni  koʻrsatadiki,  Qoraqalpogʻistonda
            uzumchilik  tarmogʻining  samaradorligi  koʻplab  ichki  va  tashqi  omillar  taʼsirida
            shakllanmoqda.  Tabiiy-iqtisodiy  va  texnologik  shart-sharoitlar  oʻzaro  bogʻliq  holda
            tarmoq rivojlanishiga taʼsir koʻrsatmoqda. Biroq mazkur omillarning barchasi bir xil
            darajada taʼsir etmaydi  — ayrimlarining ahamiyati ustuvor, ayrimlarining taʼsiri esa
            nisbatan  cheklangandir.  Shu  boisdan,  uzumchilik  samaradorligiga  taʼsir  etuvchi
            omillarning  qay  darajada  taʼsir  kuchiga  egaligini  baholash  muhim  ilmiy  vazifa
            hisoblanadi.
                  Shunday  ekan,  quyidagi  3-jadvalda  esa,  Qoraqalpogʻistonda  uzumchilik
            samaradorligini  cheklovchi  asosiy  omillarning  taʼsir  darajasi  0–5  shkala  asosida
            baholangan boʻlib, ularning nisbiy ahamiyati va tarmoq rivojlanishiga taʼsir yoʻnalishi
            tizimli ravishda koʻrsatib berilgan.

                                                                                                      3-jadval
                    Qoraqalpogʻistonda samaradorlikni cheklovchi omillarning taʼsir darajasi (0–5
                                                                                                               4
                                                                                                   shkalada)

                            Omilar               Taʼsir darajasi                      Izoh
                   Tabiiy sharoitlar (qurgʻoqchilik,   5                 Hosildorlikka eng katta taʼsir koʻrsatadi
                          shoʻrlanish)
                                                                     Zamonaviy texnika va uskunalar ishlab chiqarish
                     Texnika va texnologiyalar        4
                                                                               samaradorligini oshiradi
                                                                   Soliq yengilliklari, kredit va subsidiyalar samaradorlikni
                    Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash      3
                                                                                  ragʻbatlantiradi
                                                                  Kasbiy malakali ishchi yetishmasligi past samaradorlikka
                         Mehnat quvvati               3
                                                                                    olib keladi
                                                                    Uzum narxi va bozor talabiga bogʻliq ravishda foyda
                      Bozor va narx sharoiti          4
                                                                                    oʻzgarishi

                                                                                                                179
            4  Muallif tadqiqotlari asosida shakllantirilgan ishlanma.


                                                                                                           II SHO‘BA:

                                                           Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   177   178   179   180   181   182   183   184   185   186   187