Page 159 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 159

ta’lim  –  bolalarning  shaxsiyati  shakllanadigan,  ularning  ijtimoiy,  emotsional,
            intellektual  va  ijodiy  ko‘nikmalarini  rivojlantirishga  asos  bo‘ladigan  muhim  ta’lim
            bosqichidir.  Shu  bosqichdagi  tarbiya  jarayonining  sifatli  tashkil  etilishi,  bolalarning
            keyingi  ta’lim  bosqichlaridagi  muvaffaqiyati  va  hayotga  moslashish  darajasiga
            bevosita  ta’sir  ko‘rsatadi.  Shu  bois,  maktabgacha  ta’lim  sifatini  oshirish,  tarbiyaviy
            jarayonlarni  samarali  va  tizimli  tashkil  etish,  pedagogik  innovatsiyalarni  joriy  etish
            masalalari dolzarb ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Zamonaviy pedagogika tajribalari
            shuni ko‘rsatadiki, o‘yinga asoslangan ta’lim bolalarning rivojlanishida eng samarali
            vositalardan biridir. O‘yin faqat ko‘ngilochar faoliyat emas, balki tarbiya va ta’limning
            integratsiyalashgan shakli sifatida qaraladi. U bolalarda tafakkur, muammolarni hal
            qilish qobiliyati, ijtimoiy muloqot va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga
            xizmat  qiladi.  Shu  bilan  birga,  o‘yinga  asoslangan  metodikalar  bolalarning
            motivatsiyasini  oshiradi,  diqqatini  jamlash  va  mustaqil  fikrlash  qobiliyatini
            shakllantiradi.
                   So‘nggi  yillarda  pedagogik  tadqiqotlar,  jumladan  xalqaro  tajribalar  shuni
            ko‘rsatadiki,  o‘yinga  asoslangan  ta’limning  innovatsion  shakllari  –  interaktiv
            pedagogik  texnologiyalar,  raqamli  o‘yinlar,  virtual  va  multimediya  vositalari  –
            bolalarning ijodiy  va  intellektual  kompetensiyalarini  rivojlantirishda  samarali natija
            beradi.  Shu  sababli,  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlarida  o‘yinga  asoslangan
            innovatsion  yondashuvlarni  tizimli  joriy  etish,  ularni  baholash  va  samaradorligini
            oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Maqolaning asosiy maqsadi – tarbiya jarayonida
            o‘yinga asoslangan ta’lim sifatini oshirishning innovatsion yondashuvlarini aniqlash,
            ularning pedagogik samaradorligini tahlil qilish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir.
            Tadqiqot doirasida pedagogik o‘yinlar, interaktiv metodikalar, raqamli texnologiyalar
            va    zamonaviy       pedagogik       texnologiyalarni      qo‘llashning      tarbiyalanuvchilar
            kompetensiyalarini rivojlantirishdagi roli o‘rganiladi. Shuningdek, o‘yinga asoslangan
            ta’limning samaradorligini baholash mezonlari va indikatorlari ham tadqiqot obyekti
            sifatida  ko‘rib  chiqiladi.  Kirish  qismida  keltirilgan  ma’lumotlar  o‘yin  orqali  ta’lim
            jarayonini  yanada  samarali  qilish,  pedagogik  innovatsiyalarni  tatbiq  etish  va
            maktabgacha ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun
            nazariy  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  tarbiyalanuvchilarning
            umumiy  rivojlanishi  va  kelajakdagi  ta’lim  jarayonlarida  muvaffaqiyatli  bo‘lishiga
            zamin yaratadi.

                  METODOLOGIYA
                  Ushbu  tadqiqot  metodologiyasi  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlarida  o‘yinga
            asoslangan  ta’limning  sifatini  oshirish  va  innovatsion  yondashuvlarni  aniqlashga
            qaratilgan.  Tadqiqot  asosan  sifat  va  miqdoriy  usullarni  uyg‘unlashtirish  orqali  olib
            borildi. Sifatli tadqiqotlar doirasida pedagoglar va tarbiyalanuvchilar bilan kuzatuvlar,
            intervyu va fokus-guruhlar o‘tkazildi, bu orqali o‘yinga asoslangan ta’lim jarayonida
            pedagoglarning yondashuvlari, usullari va samaradorligi aniqlanadi. Shu bilan birga,
            tarbiyalanuvchilarning  ijodiy  va  intellektual  ko‘nikmalarini  baholash  uchun
            diagnostik vositalar va baholash me’zonlari ishlab chiqildi. Miqqatli tadqiqotlarda esa
            tarbiyalanuvchilar faoliyati va o‘yin jarayonining natijalari statistik usullar orqali tahlil
            qilindi.  Masalan,  o‘yinga  asoslangan  interaktiv  metodikalar  qo‘llanilgan  guruh  va
            an’anaviy metodika asosida ishlovchi guruhlar solishtirildi. Natijalar bolalarning ijodiy
            fikrlash, muammolarni hal qilish qobiliyati va ijtimoiy ko‘nikmalari orqali baholandi.              157
            Shu  bilan  birga,  innovatsion  texnologiyalarning  samaradorligi  va  pedagoglarning


                                                                                                           I SHO‘BA:

                                                               Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   154   155   156   157   158   159   160   161   162   163   164