Page 395 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 395

“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA

                                           PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
                                                           ISTIQBOLLARI”


              RAQAMLI AVLOD VA MILLIY GʻOYA: TALABALARDA VATAN RAVNAQI
                  GʻOYASINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI

            Muallif: Abduvaitova Durdona Baxriddin qizi
                                                                 1
            Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik Universiteti magistri
                                                                      1
            DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17340573


            ANNOTATSIYA

            Ushbu  maqola  raqamli  avlod  va  milliy  gʻoya  mavzusiga  bagʻishlangan  boʻlib,  talabalarda
            vatan  ravnaqi  gʻoyasini  shakllantirishning  zamonaviy  imkoniyatlarini  oʻrganadi.  Maqolada
            raqamli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va interaktiv pedagogik vositalardan foydalanish
            orqali yoshlar ongida milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhini rivojlantirishning metod va
            usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida talabalarning raqamli platformalarda faol ishtirok
            etishi,  ularning  milliy  gʻoya  tushunchasini  qabul  qilish  va  vatan  ravnaqi  bilan  bogʻliq
            masalalarga qiziqishini oshirish imkoniyatlari oʻrganiladi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, raqamli
            vositalardan  samarali  foydalanish  orqali  pedagoglar  talabalarda  vatanparvarlik  va  milliy
            ongni mustahkamlashda katta ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shu bilan birga, maqolada
            zamonaviy texnologiyalarning afzalliklari, ularni qoʻllashning cheklovlari va istiqbollari ham
            muhokama qilinadi.


            Kalit soʻzlar: Raqamli avlod, milliy gʻoya, talabalar, vatanparvarlik, vatan ravnaqi, pedagogik
            texnalogiyalar, interaktiv taʼlim.


                  KIRISH
                   Raqamli texnologiyalar  bugungi  kunda  yoshlar  hayotining  ajralmas  qismiga
            aylangan boʻlib, ularning dunyoqarashi, fikrlash uslubi va ijtimoiy faolligiga sezilarli
            taʼsir  koʻrsatmoqda.  “Raqamli  avlod”  deb  ataladigan  yoshlar,  internet  resurslari,
            ijtimoiy tarmoqlar, interaktiv oʻquv platformalari va multimedia vositalaridan keng
            foydalanadi.  Shu  bilan  birga,  milliy  gʻoya  va  vatanparvarlik  ruhini  shakllantirish
            masalasi pedagogika sohasida dolzarb mavzu hisoblanadi. Talabalarda vatan ravnaqi
            gʻoyasini  mustahkamlash  nafaqat  ularning  shaxsiy  kamoloti,  balki  mamlakatning
            kelajakdagi taraqqiyoti uchun ham muhimdir.
                   Zamonaviy  taʼlim  jarayonida  raqamli  vositalardan  foydalanish  orqali  milliy
            qadriyatlarni yoshlar ongiga samarali yetkazish mumkin. Maqolada raqamli avlod va
            milliy  gʻoya  oʻrtasidagi  oʻzaro  bogʻliqlik,  talabalarda  vatanparvarlik  ruhini
            shakllantirishning  zamonaviy  pedagogik  imkoniyatlari  tahlil  qilinadi.  Tadqiqotning
            maqsadi  –  pedagogik  jarayonlarda  raqamli  vositalardan  foydalanish  orqali
            talabalarda milliy gʻoya va vatan ravnaqi tushunchasini rivojlantirish strategiyalarini
            aniqlashdir.

                  METODOLOGIYA
                  Tadqiqot  obyekti  –  talabalarda  milliy  gʻoya  va  vatanparvarlik  tushunchasini
            shakllanish  jarayoni,  predmeti  esa  raqamli  vositalardan  foydalanish  orqali  bu               393
            jarayonning samaradorligi hisoblanadi.


                                                                                                           II SHO‘BA:

                                         Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   390   391   392   393   394   395   396   397   398   399   400