Page 393 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 393

sifatini yuksaltiradi. Statistik hisobotlar aniqliligini yuksaltirish uchun har bir hisobot
            shakli boʻyicha respondentlarga yoʻriqnomalar ishlab chi-qilgan va e-stat 4.0              axborot
            tizimining har bir darajasida joylashtirilgan boʻlishi kerak.
                  Shuni taʼkidlash joizki, respondentlar tomonidan e-stat 4.0           axborot tizimi orqali
            statistik hisobotlarni qoʻlda toʻldirish oʻrniga, birlamchi buxgalteriya hujjatlari asosida
            hisobotlarni  avtomatlashtirilgan  rejimda  shakllantirish,  nafaqat  birlamchi  statistik
            maʼlumotlar  ishonchliligini  oshiradi,  balki  statistik  hisobotlar  taqdim  qilishda
            respondentlar hara-jatlarini qisqartiradi.
                  Statistik  maʼlumotlarni  taqdim  qilish  jarayonlarini  raqamlashtirish  statistik
            hisobotlar toʻliqligi va ishonchliligini tubdan yuksaltiradi, statistik hisobotlarni yigʻib
            olish  va  birlamchi  statistik  maʼlumotlarni  qayta  ishlash  muddatlarini  qisqartiradi,
            jumladan:
                 -  buxgalteriyaning  birlamchi  hisobini  avtomatlashtirish  va  uning  asosida
                     statistik hisobotlarni avtomatik ravishda shakllanishi hisobiga oylik, choraklik
                     va  yillik  davlat  statistika  hisobotlarini  topshirish  muddatla-rini  4-5
                     barobargacha qisqartirish mumkin boʻladi;
                 -  kelib  tushgan  birlamchi  statistik  maʼlumotlarni  qayta  ishlash  va  ras-miy
                     statistik    axborotlarni     shakllantirish     jarayonlarini     2-3    barobargacha
                     qisqartirishga zamin yaratib beradi;
                 -  e-stat 4.0   axborot tizimining boshqa vazirlik va idoralarning turdosh axborot
                     tizimlari  bilan  oʻzaro  integratsiyasi  hisobiga  statistik  hisobotlar-dagi  ayrim
                     koʻrsatkichlarni avtomatik shakllantirish imkoni yaratiladi.
                  Amaliyot  shuni  koʻrsatmoqdaki,  statistik  hisobotlarni  yigʻish  respon-dentlar
            tomonidan  birlamchi  statistik  maʼlumotlarni  tayyorlash  va  tanlanma  statistik
            kuzatuvlar shaklini toʻldirish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar qilishlariga toʻgʻri keladi.
            Bizning ekspert baholashlarimiz boʻyicha  faqat yillik hisobot davrida barcha statistik
            hisobotlar shaklini qogʻoz koʻrinish-da topshirishlari uchun respondentlar 2,5-3,1 mlrd.
            soʻm  atrofida  harajat  qi-lishib  kelishgan.  Raqamli  texnologiyalarning  ushbu
            jarayonlarga  keng  joriy  qilinishi  ushbu  harajatlarni  tubdan  qisqartirishga  olib
            kelmoqda. Raqamli texnologiyalar asosida statistik hisobotlarni shakllantirish, onlayn
            joʻna-tish  va  qabul  qilib  olish  hamda  qayta  ishlash  jarayonlarini  toʻliq  avtomat-
            lashtirish  hisobiga  olinadigan  iqtisodiy  samaradorlikni  quyidagi  omil-lar  taʼminlab
            beradi:
                 -  raqamli  texnologiyalar  tezligining  yuqoriligi  hisobiga  ananaviy  ope-
                     ratsiyalarni bajarish tezligining yuqori boʻlishi;
                 -  yagona statistik maʼlumotlar bazasining barpo etilishi va undan koʻp marta
                     foydalanish hisobiga statistik ishlarni bajarish sifatining yuksa-lishi;
                  statistik  hisobotlarni  topshirish  va  qabul  qilib  olish  davrining    qis-qarishi
            hisobiga statistika tizimining turli boʻgʻinlariga axborot xizmat koʻrsatishni yaxshilash.

                   XULOSA
                  Bizning  fikrimizcha,  statistik  hisobotlarni  topshirish  bilan  bogʻliq  boʻlgan
            respondentlarning yuklamasini kamaytirishning istiqbolli yoʻna-lishlaridan biri boʻlib
            rasmiy  statistik  axborotlarni  shakllantirish  uchun  asos  boʻlmish  maʼlumotlarni
            alternativ manbalardan  olish va ulardan mak-simal foydalanish hisoblanadi. Bundan
            tashqari, statistik hisobotlarni vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalarini oʻzaro
            integratsiya qilish orqali maqbullashtirish vazifasi ham qoʻyilgan.                                 391




                                                                                                           II SHO‘BA:

                                         Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   388   389   390   391   392   393   394   395   396   397   398