Page 388 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 388
kontekstida chuqurroq oʻrganish bugungi kun ilmiy izlanishlarining dolzarb
vazifasidir.
ADABIYOTLAR SHARHI
Iqtisodiy psixologiya ilmiy soha sifatida inson xulqi va iqtisodiy jarayonlar
oʻrtasidagi murakkab oʻzaro taʼsirni tahlil qilishga yoʻnaltirilgan boʻlib, uning
shakllanishi XX asrning ikkinchi yarmida mustahkam nazariy asosga ega boʻldi.
Mazkur yoʻnalishning rivojlanishida motivatsiya nazariyalari (A. Maslou, D.
Makklelland) hamda shaxsiy xususiyatlar psixologiyasi (G. Allport va boshqalar)
muhim metodologik poydevor sifatida qaraladi. Dastlabki iqtisodiy modellarda inson
faqat ratsional subyekt sifatida talqin etilgan boʻlsa-da, psixologik omillarni hisobga
olish keyinchalik alohida ilmiy maktabning shakllanishiga sabab boʻldi.
Xulq-atvor iqtisodiyoti mazkur jarayonning muhim bosqichi boʻlib, inson
qarorlarini tushuntirishda kognitiv va emotsional omillarni markaziy determinanta
sifatida ilgari surdi. D. Kaneman va A. Tverskiy tomonidan ishlab chiqilgan prospekt
nazariyasi subyektlarning risk va foydaga nisbatan qarashlari obyektiv ehtimollardan
sezilarli darajada ogʻishini empirik dalillar asosida isbotladi. Shuningdek, “heuristics
and biases” modeli qaror qabul qilish jarayonida inson ongining avtomatik
mexanizmlari (evristikalar) va ularning oqibatida yuzaga keladigan sistematik
ogʻishlarni aniqlab berdi. Bu yondashuv iqtisodiy faoliyatni faqat matematik hisob-
kitoblar doirasida emas, balki psixologik determinantlar orqali tushuntirish zarurligini
koʻrsatdi.
Kognitiv va emotsional omillarning iqtisodiy qarorlarga taʼsiri keng qamrovli
tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Masalan, investorlarning xatti-harakati bozor
mexanizmlaridan tashqari qoʻrquv va ochkoʻzlik kabi hissiy omillar bilan
chambarchas bogʻliq ekani koʻplab empirik ishlarda namoyon etilgan. Shuningdek,
isteʼmolchilarning xarid qarorlari reklama orqali shakllantirilgan assotsiatsiyalar va
ijtimoiy taʼsir mexanizmlaridan sezilarli darajada taʼsirlanadi. Bu esa iqtisodiy
psixologiya doirasida kognitiv-emotsional determinatsiya konsepsiyasining
shakllanishiga asos yaratdi.
Sunʼiy intellekt texnologiyalari iqtisodiy psixologiya uchun yangi metodologik
imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Mashinaviy oʻrganish algoritmlari va
neyrotarmoqlar yordamida insonning kognitiv xatoliklari, qaror naqshlari va
emotsional reaksiyalarini tahlil qilish imkoniyati kengaymoqda. Masalan, katta
hajmdagi maʼlumotlar asosida isteʼmolchilarning xarid odatlarini prognozlash,
shuningdek, moliyaviy xatarlarni baholash jarayonida inson omillarining rolini
aniqlash imkoniyati tugʻilmoqda. Bu jarayon iqtisodiy ong va qaror qabul qilish
mexanizmlarini oʻrganishda yangi paradigma shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Avvalgi tadqiqotlarning taqqosiy tahlili shuni koʻrsatadiki, klassik iqtisodiyot
insonni ratsional subyekt sifatida tasvirlagan boʻlsa, xulq-atvor iqtisodiyoti ushbu
yondashuvni psixologik determinantlar orqali boyitdi. Hozirgi bosqichda esa sunʼiy
intellekt texnologiyalari ushbu jarayonni yanada amaliy va empirik asosda
mustahkamlab, iqtisodiy psixologiyaning yangi rivojlanish istiqbollarini ochib
bermoqda. Shu tariqa, iqtisodiyot, psixologiya va sunʼiy intellekt kesishmasida
shakllanayotgan yangi ilmiy paradigma inson faoliyatini yanada chuqurroq va koʻp
qirrali tahlil qilish imkonini bermoqda.
386
II SHO‘BA:
Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari
https://www.asr-conference.com/

