Page 392 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 392

“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA

                                           PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
                                                           ISTIQBOLLARI”


                  RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JALB QILGAN HOLDA STATISTIK
                     KUZATUVLARNI TAKOMILLASHTIRIB BORISH ISTIQBOLLARI

            Muallif: Abdusalomova Istoraxon Ilhom qizi
                                                                1
            Affiliyatsiya:  Xalqaro  Nordik  universiteti  Sanoatni  boshqarish  va  raqamli
            texnologiyalar kafedrasi PhD katta oʻqituvchisi
                                                                   1
            DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17340508


            ANNOTATSIYA

            Ushbu maqolada statistika faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
            joriy etish yoʻllari oʻrganilgan. Statistika faoliyatini zamonaviy AKT asosida tartibga solish va
            ulardan  unumli  foydalanish,  ushbu  faoliyatning  axborot  tizimini  shakllantirish  hamda
            statistik  maʼlumotlarni  tashkil  etishda  raqamli  texnologiyalardan  keng  foydalanishdagi
            mavjud muammolar tahlil qilingan.


            Kalit soʻzlar: raqamli texnologiyalar, Statistika agentligi, rivojlanish, istiqbollar, innovatsiyalar,
            raqamli transformatsiya.


                  KIRISH
                   Tadqiqotlarimiz       shuni     koʻrsatmoqdaki,       milliy   statistikamizni      yanada
            rivojlantirish  va  uning  barcha  jabhalarini  yanada  takomillashtirishda  aso-siy  omil
            boʻlib raqamlashtirish hisoblanadi. Isteʼmolchilarning statistik axborotlarga boʻlgan
            talabining  kundan-kunga  ortib  borishi  va  tezkor  axbo-rotlarga  ham  talabning
            yuksalishi bir vaqtning oʻzida statistika tizimi ol-diga yangi talablarni qoʻyib, bu oʻz
            oʻrnida  respondentlarning  statistik  yuk-lamasini  kamaytirish  ham  dolzarb  boʻlib
            qolmoqda. Yaqin yillargacha mamla-katimiz statistikasi asosan davlat organlarining
            ehtiyojini qondirishga oʻz faoliyatini yoʻnaltirilgan edi.  Hozirgi kunga kelib tijorat, ilmiy
            va taʼ-lim tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va jismoniy shaxslar sifat-li hamda
            detallashgan tezkor statistik axborotlarga boʻlgan talabi keskin ortib ketdi. Shuning
            uchun  ham  respublikamiz  milliy  statistika  tizimi  yuqoridagi  talablardan  kelib
            chiqqan holda natijaviy statistik axborot-larni qayta ishlash va tarqatish boʻyicha oʻz
            yondashuvlarini  tubdan  oʻzgarti-rishlari  kerak  boʻladi.  Buni  respondentlardan
            statistik  hisobotlarni  yi-gʻishning  davriyligini  oʻzgartirish  va  ularga  ortiqcha
            yuklamalarni qoʻyish hisobiga amalga oshirish kerak emas.

                  ASOSIY QISM
                  Hozirgi kunda respondentlar statistik hisobotlarini elektron va qogʻoz shaklda
            ham topshirish huquqlari bor. Birlamchi statistik maʼlumot-larda xatoliklarni paydo
            boʻlishiga,  ularni  qogʻoz  koʻrinishda  shakllantirish  bosqichida  arifmetik-mantiqiy
            nazoratning  yoʻqligidir.  Ular  odatda,  bux-galteriya  hujjatlari  asosida  statistik
            hisobotlarni kompyuter orqali toʻl-dirish jarayonida mavjud xatoliklarni aniqlashadi.
            Shuning  uchun  ham  res-pondentlar  tomonidan  statistik  hisobotlarni  elektron                   390
            shaklda topshirish byudjet harajatlarini qisqartiradi va birlamchi statistik maʼlumotlar



                                                                                                           II SHO‘BA:

                                         Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   387   388   389   390   391   392   393   394   395   396   397