Page 389 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 389
METODOLOGIYA
Iqtisodiy psixologiya va sunʼiy intellekt integratsiyasini tahlil qilishda analitik
model sifatida insoniy qaror qabul qilish jarayonlari va texnologik algoritmlarni
taqqoslash muhim oʻrin tutadi. Inson qarorlari koʻpincha hissiy holat, kognitiv
cheklovlar va ijtimoiy taʼsirlar bilan belgilanadi. Bunda ongli va ongsiz jarayonlar
uygʻunlashgan boʻlib, qaror natijalari har doim ham ratsional xulq meʼyorlariga mos
kelmaydi. Texnologik algoritmlar esa, aksincha, matematik optimizatsiya, statistik
modellashtirish va maʼlumotlarni qayta ishlash qoidalariga asoslanadi. Shu nuqtai
nazardan, insoniy qarorlarning noaniqligi va algoritmik jarayonlarning qatʼiyligi
oʻrtasidagi taqqoslash iqtisodiy ongni yangi metodologik nuqtai nazardan koʻrib
chiqish imkonini beradi.
Raqamli transformatsiya iqtisodiy psixologiya tadqiqotlariga tubdan yangicha
yondashuv olib kirdi. Maʼlumotlarga asoslangan metodlar yordamida isteʼmolchilar
xulqi, moliyaviy qarorlar va mehnat bozoridagi strategiyalarni real vaqt rejimida
kuzatish va tahlil qilish imkoniyati kengaydi. Masalan, katta hajmdagi maʼlumotlarni
(Big Data) qayta ishlash orqali insoniy qaror naqshlarini aniqlash va prognozlash
mumkin boʻldi. Bu jarayon anʼanaviy eksperimental va kuzatuv metodlarini raqamli
analitika bilan boyitib, iqtisodiy psixologiyaning empirik asoslarini yanada
mustahkamladi.
Nazariy maqolada tadqiqot metodlari sifatida bir necha mezonlarni alohida
taʼkidlash lozim. Birinchidan, kognitiv-psixologik yondashuv, yaʼni inson qarorlarini
kognitiv jarayonlar va ong cheklovlari orqali tushuntirish modeli. Ikkinchidan, xulq-
atvor iqtisodiyoti paradigmasi, qaror qabul qilishdagi evristikalar, biaslar va hissiy
determinantlarni aniqlashga asoslangan yondashuv. Uchinchidan, texnologik-
analitik yondashuv, sunʼiy intellekt algoritmlaridan foydalangan holda iqtisodiy
qarorlarning naqshlarini aniqlash va simulyatsiya qilish. Ushbu nazariy metodlarning
birgalikda qoʻllanilishi iqtisodiy ongning zamonaviy sharoitda qanday
transformatsiyaga uchrayotganini kompleks tahlil qilish imkonini beradi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Oʻtkazilgan nazariy tahlil natijalariga koʻra, sunʼiy intellektning iqtisodiy
psixologiyaga kirib kelishi insoniy qaror qabul qilish jarayoniga sezilarli
transformatsion taʼsir koʻrsatmoqda. AI vositalari qarorlarni optimallashtirishda
samarali boʻlsa-da, inson xulqining emotsional va ijtimoiy determinantlarini toʻliq
qamrab ololmaydi.
Ushbu natijalar ilgari oʻtkazilgan tadqiqotlar bilan hamohangdir. Masalan,
Kahneman va Tversky (1979) tomonidan ishlab chiqilgan Prospect Theory inson
qarorlarida irratsional elementlar ustuvor ekanini koʻrsatgan. Hozirgi AI asosidagi
iqtisodiy modellar esa bu irratsionallikni minimallashtirishga intiladi, ammo amaliyot
shuni koʻrsatadiki, isteʼmolchi yoki investor qarorlarida emotsional xavotir, ijtimoiy
bosim yoki oʻzini anglash darajasi hal qiluvchi rol oʻynashda davom etmoqda.
Shuningdek, “Richard Thaler (2015)”ning xulq-atvor iqtisodiyoti boʻyicha ishlari
shuni taʼkidlaydiki, insonlar “cheklangan ratsionallik” sharoitida qaror qabul qiladilar.
Bizning nazariy mulohazalar ham AI vositalaridan foydalanish shu cheklovlarni
qisqartirishi mumkinligini koʻrsatadi, ammo haddan tashqari texnologiyaga suyanish
kognitiv mustaqillikni pasaytirib yuborishi mumkin. Amaliyotga koʻchiradigan
boʻlsak, bir necha yoʻnalishda natijalar seziladi: 387
II SHO‘BA:
Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari
https://www.asr-conference.com/

