Page 495 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 495
boʻlib, uning rivojlanish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshib kelmoqda. Ingliz
tili oʻqitishining hozirgi metodik asoslari va tizimiy yondashuvlari, avvalo,
mustaqillikdan keyingi taʼlim siyosatida xorijiy tillarga, ayniqsa ingliz tiliga berilgan
eʼtibor bilan chambarchas bogʻliqdir.
ASOSIY QISM
Mustaqillik yillaridan soʻng Oʻzbekistonda xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini
oʻqitish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Ayniqsa 2012-yil 10- dekabrda
qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarini oʻrganish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–1875- sonli Qarori
ushbu jarayonda tub burilish yasadi. Qarorga koʻra, ingliz tilini oʻqitish maktabgacha
taʼlimdan boshlanishi belgilandi, boshlangʻich sinflardan boshlab majburiy oʻqitish
joriy qilindi, yangi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqildi va malaka oshirish
tizimi yoʻlga qoʻyildi. 2017-yilda qabul qilingan “2017–2021-yillarda Oʻzbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar
strategiyasi” va 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-sonli Farmon bilan tasdiqlangan “Yangi
Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi (2022–2026)” hujjatlarida chet tillarini
oʻrganishning samaradorligini oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va
malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha aniq vazifalar belgilanadi. Bu esa ingliz tilini
oʻqitish tizimini yangi bosqichga olib chiqdi. 2021-yilda qabul qilingan PQ–5050-sonli
Prezident qaroriga binoan, chet tillarini, ayniqsa ingliz tilini zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida oʻqitish, moslashuvchan metodikalar ishlab chiqish, interaktiv
platformalardan foydalanish, hamda baholashni avtomatlashtirish mexanizmlarini
tatbiq etish ustuvor vazifa sifatida koʻrsatildi.
Rasmiy statistik maʼlumotlarga murojaat qiladigan boʻlsak, Oʻzbekiston
Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (2023) bergan maʼlumotlarga
koʻra, mamlakatda jami 10 300 dan ortiq umumtaʼlim maktablari faoliyat yuritmoqda.
Shulardan:
⎯ 700 dan ortiq maktabda ingliz tili chuqurlashtirib oʻqitiladi;
⎯ 220 dan ortiq ixtisoslashtirilgan chet tillar maktablari tashkil etilgan;
⎯ Prezident maktablari, ijod maktablari, temurbeklar maktablari va AKTga
ixtisoslashtirilgan maktablarda ingliz tili zamonaviy texnologiyalar asosida
oʻqitilmoqda;
⎯ 2024-yil holatiga koʻra, umumtaʼlim maktablarida ishlayotgan ingliz tili
oʻqituvchilari soni 65 mingdan ortiq boʻlib, ularning atigi 18% i CEFR tizimi boʻyicha
B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega. Hozirgi paytda umumtaʼlim
maktablarining koʻpchiligida ingliz tili haftasiga 2–3 soat oʻqitiladi. Ayrim
ixtisoslashgan maktablarda bu 5–6 soatgacha yetadi. Taʼlim 1-sinfdan boshlanib, 11-
sinfgacha davom ettiriladi. 5–11-sinflar uchun ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari davlat
standartlari asosida yangilangan boʻlsa-da, ularning sunʼiy intellekt texnologiyalari
bilan integratsiyalashgan variantlari hali toʻliq ishlab chiqilmagan.
Metodik taʼminotga kelsak, “Fly High”, “Teens English”, “Prepare” kabi darsliklar
asosiy manba boʻlib qolmoqda. Ayrim maktablarda “Oxford”, “Cambridge”,
“Macmillan” nashriyotlarining resurslaridan foydalanish amaliyoti mavjud. Biroq, AI
vositalariga moslashtirilgan, sunʼiy intellekt bilan bogʻliq mashgʻulotlar yoki
diagnostik modellar hali keng joriy etilmagan.
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitish tizimi tarixan muayyan 493
bosqichlardan oʻtgan boʻlsa-da, aynan hozirgi bosqichda uning rivojlanishi davlat
II SHO‘BA:
Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari
https://www.asr-conference.com/

