Page 496 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 496
siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylangan. Bu sohada olib borilayotgan islohotlar,
texnologik yangilanishlar va xalqaro tajribalarni tatbiq etish zarurati taʼlim sifati,
oʻquvchilar kompetensiyasi va oʻqituvchilarning malakasiga bevosita taʼsir
koʻrsatmoqda. Ammo mavjud metodikalar, resurslar va oʻqituvchilik salohiyati
zamonaviy sunʼiy intellekt vositalari bilan chuqur uygʻunlashmaganligi tufayli, yangi
pedagogik yondashuvlarga ehtiyoj mavjud. Ushbu ehtiyojni qondirish esa
innovatsion lingvodidaktik model ishlab chiqishni talab etadi Ingliz tili taʼlimining
amaliy holati va tizimdagi dolzarb muammolar Oʻzbekistonda umumtaʼlim
maktablarida ingliz tilini oʻqitishning davlat siyosati darajasida qoʻllab-
quvvatlanishiga qaramay, amaliyotda ushbu fanni sifatli oʻqitishga toʻsqinlik
qilayotgan qator muammolar mavjud. Ingliz tili taʼlimining bugungi holati murakkab
va koʻp omilli muammolar tizimida namoyon boʻlib, bu sohada chuqur islohotlarni
talab etadi. Quyida mavjud muammolar toʻrt asosiy yoʻnalish boʻyicha ilmiy jihatdan
tahlil qilinadi.
Birinchidan, ingliz tili oʻqituvchilarining malaka darajasi va metodik
tayyorgarligi hali ham yetarli darajada emas. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil holatida respublika boʻyicha 65 mingdan ortiq ingliz tili
oʻqituvchisi faoliyat yuritmoqda, biroq ularning faqatgina 18 foizi CEFR (Common
European Framework of Reference) darajasida B2 yoki undan
yuqori malaka sertifikatiga ega. 2020–2024-yillarda amalga oshirilgan sertifikatlash
jarayonlari ularning aksariyati CEFR A2 yoki B1 darajasida qolayotganini koʻrsatdi. Bu
holat oʻqituvchilarning mustaqil dars rejalashtirishi, interaktiv metodlardan
foydalanishi, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashi imkoniyatini
cheklaydi. Aksariyat ingliz tili oʻqituvchilari darslarni anʼanaviy, grammatikaga
yoʻnaltirilgan, passiv metodlar asosida olib boradi, bu esa kommunikativ
kompetensiyani shakllantirishga toʻliq xizmat qilmaydi.
Ikkinchidan, oʻquv-metodik taʼminot sifati va yangilanish surʼati hozirgi taʼlim
talablariga toʻla javob bermaydi. Respublika umumtaʼlim maktablarida 5–11- sinflar
uchun “Fly High” va ““Teens English”, “Prepare nomli darsliklar keng qoʻllanilmoqda.
Ushbu darsliklar 2012–2015-yillarda tayyorlangan boʻlib, zamonaviy lingvodidaktik
yondashuvlar, sunʼiy intellekt texnologiyalari, virtual interaktiv mashgʻulotlar yoki
adaptiv topshiriqlarni oʻz ichiga olmaydi. Aksincha, koʻplab darsliklar qoidalarga
asoslangan, muloqotga yoʻnaltirilmagan, real hayotiy situatsiyalar bilan
integratsiyalanmagan. Qoʻshimcha materiallar va oʻquv qoʻllanmalar (masalan, ish
daftarlari, audio fayllar, mobil ilovalar) koʻplab maktablarda mavjud emas yoki faqat
bosma shaklda taqdim etilgan. Bu esa multimodal taʼlim tamoyillariga zid holatni
keltirib chiqaradi.
Uchinchidan, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt vositalaridan
foydalanishdagi cheklovlar va infratuzilma muammolari mavjud. Aksariyat
maktablarda yuqori tezlikdagi internetga ulanish cheklangan yoki mavjud emas,
kompyuter sinflari yetarli emas, planshet, noutbuk, monitor, proyektor kabi vositalar
kam sonli maktablarga taqsimlangan. Oʻqituvchilarning koʻpchiligi electron
platformalardan (Google Classroom, Quizlet, Kahoot, LearningApps, Duolingo,
Grammarly) foydalanish koʻnikmasiga ega emas, yoki faqat nazorat ishlarini yozish
uchun ishlatadi, dars jarayonini metodik jihatdan AI vositalar bilan integratsiyalash
imkoniyati yetarlicha oʻzlashtirilmagan. Elektron baholash, diagnostika, avtomatik
feedback tizimlari amalda joriy etilmagan. Natijada oʻquvchi individual oʻzlashtirish 494
darajasiga mos topshiriqlarni ololmaydi, differensial yondashuv amalga oshmaydi.
II SHO‘BA:
Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari
https://www.asr-conference.com/

