Page 501 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 501
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni maʼlumotlarning ulkan oqimida
axborotlarni koʻrib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni koʻzda tutadi.
Axborotlarni tanlash ancha mehnat talab qiladigan, yaʼni qimmat turadigan
jarayondir.
Hozirgi kunda axborot resurslari murakkab va koʻpqirrali obyekt sifatida
namoyon boʻlib, uni quyidagi parametrlar bilan izohlash mumkin:
o axborotlarning mazmuni;
o axborotga boʻlgan mulkchilik shakli: jamoatchilik mulki, davlat mulki, jamoa
tashkilotlari mulki, yuridik shaxs mulki, jismoniy shaxs mulki;
o axborotlarga kirish imkoniyatlari: ochiq, yopiq, maxfiy, tijorat siri, xizmat siri,
kasbiy sir;
o axborotlarni taqdim etish shakllari: matn hujjatlari, obzorlar,
tarkiblashtirilgan maʼlumotlar – maʼlumotlar ombori, maʼlumotlar banki.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni maʼlumotlarning ulkan oqimida
axborotlarni koʻrib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni koʻzda tutadi.
Axborotlarni tanlash ancha mehnat talab qiladigan, yaʼni qimmat turadigan
jarayondir.
Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari axborot resurslarini shakllantirish va
ulardan foydalanish jarayonlarini tubdan oʻzgartirib yuborib, quyidagilarni
taʼminlamoqda:
· katta hajmdagi axborotlami ixcham holatda saqlash;
· axborotlarni tezkor izlab topish;
· uzoq masofada joylashgan resurslarga kirish imkoniyati;
· bitta axborot tashuvchisida turli axborotlarni saqlash;
· bibliografik va toʻliq matnli maʼlumotlar bazalarini umumlashtirish;
· faktografik va bibliografik axborotlarni oʻzida saqlovchi maʼlumotlar
omborining paydo boʻlishi.
Axborotli jarayonlarning sanoat asosiga oʻtishi axborot sohasining rivojlanishini
jadallashtirmoqda, dasturiy texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish esa uni
biznesning istiqbolli turlaridan biriga aylantirmoqda. Bularga xorijiy mamlakatlardan
kompyuter texnikasi va dasturiy vositalarining yetkazib berilishi, ichki kompyuter
bozorining vujudga kelishiga koʻmaklashmoqda.
XULOSA
Mazkur tezis ishida axborot resurslarining himoyalanganligini baholash
uslubiyatlarini ishlab chiqish boʻyicha qoʻyilgan vazifalar bajarildi va quyidagi natijalar
olindi:
Axborot resurslarini himoyalanganlik darajasiga qoʻyiladigan umumiy talablar
oʻrganildi. Axborot tizimi resurslari va ularning asosiy turlari nomli rejada resurs turlari,
axborot tizimi resurslari tahlili keltirildi. Bundan tashqari jamiyatni axborotlashtirish,
axborot zahiralari, hamda jamiyatni axborotlashtirishda bir qator mavjud
muammolar hal etilishi aniqlandi. Milliy va oliy oʻquv yurti axborot resurslari qiyosiy
tahlili va tashkilotning axborot resurslarini shakllantirish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. “2022 – 2026 - yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot
strategiyasi toʻgʻrisida” 28.01.2022 yildagi PF-60 sonli Oʻzbekiston 499
Respublikasi
II SHO‘BA:
Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari
https://www.asr-conference.com/

