Page 503 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 503
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA
PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI”
SUNʼIY INTELLEKT VA INSONIY MUNOSABATLAR TRANSFORMATSIYASI,
ARXITEKTURA TAʼLIMIDA SHAXSIY MUVAFFAQIYAT VA RIVOJLANISH
ISTIQBOLLARI
Muallif: Umarkulova Shaxodat Mashrab qizi
1
Affiliyatsiya: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
1
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17355950
ANNOTATSIYA
Maqola arxitektura taʼlimida sunʼiy intellekt (SI) qoʻllanishining oʻqituvchi–talaba
munosabatlari, talabaning ijodkorligi va zamonaviy kompetensiyalariga taʼsirini yoritadi. SI
vositalari tez surʼatda joriy etilayotgan boʻlsada, ularni dars jarayoniga didaktik jihatdan toʻgʻri
integratsiya qilish hamda insoniy muloqotni saqlab qolishga qaratilgan metodik
yondashuvlar hali toʻliq tizimlashtirilmagan. Ushbu tadqiqotda Scopus va boshqa
indekslangan jurnallarda (MDPI, Frontiers, Springer va b.) chop etilgan ilmiy ishlar tahlili
asosida konseptual-analitik yondashuv qoʻllanildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, sunʼiy intellekt
yordamida dizayn gʻoyalari tezroq ishlab chiqiladi, koʻplab variantlar sinovdan oʻtkaziladi va
BIM (Building Information Model) taʼlimda murakkab jarayonlarni tushuntirish hamda
tekshirish ancha yengillashadi. Shu jarayonda oʻqituvchi roli koʻproq yoʻnaltiruvchi va
maslahat beruvchiga aylanib, talabalarda sunʼiy intellektdan samarali foydalanish
koʻnikmalari hamda etik qoidalarga rioya qilish majburiy kompetensiya sifatida shakllanadi.
Shuningdek, oʻquv rejalarga “AI-integratsiyalashgan dizayn” va “Algoritmik tafakkur” kabi
yangi modullarni kiritish, shaxsiylashtirilgan AI-tutorlardan foydalanish hamda baholash
jarayonida “AI + oʻqituvchi” gibrid modelini joriy etish zarurligi taʼkidlanadi. Ushbu tavsiyalar
AI qoʻllangan arxitektura kurslarining samaradorligi va ijodkorlikka ijobiy taʼsiri, shuningdek
talabalar va pedagoglar qarashlarida kuzatilgan tafovutlar bilan asoslanadi.
Kalit soʻzlar: Sunʼiy intellekt (SI); arxitektura taʼlimi; oʻqituvchi-talaba munosabatlari;
ijodkorlik; zamonaviy kompetensiyalar; BIM; taʼlim innovatsiyalari.
KIRISH
Sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi oliy taʼlim tizimida tub
oʻzgarishlar sodir etmoqda. Anʼanaviy oʻqitish metodlarini qayta koʻrib chiqishga
majbur qilayotgan bu jarayon arxitektura taʼlimida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Ilgari murakkab hisoblangan kompyuter grafikasi orqali loyihalash, raqamli va
parametrik dizayn kabi koʻnikmalar endilikda oddiy talablarga aylangan. SI vositalari
bu koʻnikmalarni keng ommalashtirdi [1]. Shunday ekan, oliy taʼlim muassasalari
oʻquv jarayoniga sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalarini bosqichma-bosqich integratsiya
qilish, undan samarali foydalanish usullarini ishlab chiqish hamda oʻquv dasturlarini
zamon talablari asosida yangilashga kirishmoqda. Dasturlarni loyihalashda
oʻqituvchi–talaba–SI oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tizimli hisobga olinib, ularning
barchasini muvozanatda saqlagan holda amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari koʻrib
chiqilmoqda. Bunday sharoitda talaba faqat SI ga tayanib qolmasdan, mustaqil va
tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishi zarur. Talabani toʻgʻri yoʻnaltirishda 501
II SHO‘BA:
Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari
https://www.asr-conference.com/

