Page 507 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 507

Professor  D.Koehlerning  fikricha,  AI  texnologiyalari  talabalarni  emosional  intellekt,
            muloqot, hamkorlik va tanqidiy fikrlash kabi yumshoq koʻnikmalarga koʻproq eʼtibor
            qaratishga undaydi – chunki AI texnik vazifalarni yengillashtirib, odamda aynan shu
            koʻnikmalarni rivojlantirish uchun “boʻsh joy” yaratadi [8]. Yaʼni, kelajak arxitektorlari
            faqat dasturiy vositalarni ishlata olish bilangina cheklanmay, balki jamoada ishlash,
            oʻzgaruvchan  sharoitga  moslashish,  tanqidiy  va  tizimli  fikrlash  kabi  sifatlarni  ham
            rivojlantirishi kerak boʻladi.

                   NATIJALAR
                  SI  talabalarning  ish  samaradorligi  va  tezkorligini  oshirishi  orqali  ularning
            muvaffaqiyat koʻrsatkichlariga ijobiy taʼsir qiladi. Yuqorida zikr etilgan arxitekturaga
            SI  integratsiyasi  boʻyicha  tajribada  aynan  “innovatsion  fikrlash  qobiliyati”  va  “ish
            samaradorligi” talabalarning oʻquv jarayoni natijalariga eng kuchli taʼsir koʻrsatgan
            omillar  ekani  aniqlandi.  AI  yordamida  murakkab  hisob-kitoblar,  tahlillar  yoki
            modellashtirish  ishlarini  avtomatlashtirish  talabaga  vaqtni  tejash  imkonini  beradi.
            Natijada, bir semestr davomida odatda bir yoki ikki variant ustida ishlaydigan talaba,
            SI koʻmagida bir necha barobar koʻp yechimlarni sinab koʻrishga ulguradi.
                  Yana bir jihat SI bilan ishlash talabalarda tanqidiy fikrlash va masʼuliyat hissini
            ham  oshirishni  talab  etadi.  AI  koʻpincha  “tayyor”  javob  yoki  yechimni  bera  oladi,
            ammo talabalar uning natijalarini tanqidiy koʻz bilan baholashni, har doim insoniy
            tekshirish  va  tasdiqlash  zarurligini  oʻrganishlari  lozim.  Bu  ularda  masʼuliyatni
            kuchaytiradi – AI taklifini soʻzsiz qabul qilish emas, balki uni mustaqil tahlil qilish, zarur
            boʻlsa  tuzatish  kiritish  odati  hosil  boʻladi.  Shu  tariqa,  SI  vositalari  bilan  muntazam
            ishlovchi talaba vaqt oʻtishi bilan oʻz-oʻzini oʻqitish (self-learning) va hayot davomida
            oʻqish  kabi  kompetensiyalarini  ham  mustahkamlaydi.  Texnologiya  tez  yangilanar
            ekan,  doimiy  ravishda  yangi  vositalarni  oʻzlashtirish,  moslashish  uning  odatiga
            aylanadi.
                  Xulosa  qilib  aytganda,  sunʼiy  intellekt  arxitektura  yoʻnalishi  talabalari  uchun
            kuchli  instrument  sifatida  namoyon  boʻlmoqda  va  ularning  shaxsiy  yutuqlariga
            sezilarli ijobiy hissa qoʻshmoqda. SI talabalarning ijodkorlik salohiyatini kengaytiradi,
            ishlash  unumdorligini  oshiradi  va  ularni  kelajak  kasbiy  faoliyatlari  uchun  zarur
            boʻlgan  koʻnikmalar  bilan  qurollantiradi.  Eng  asosiysi,  SI  bilan  boyitilgan  taʼlim
            talabani zamonaviy muammolarni hal qila oladigan, moslashuvchan va innovatsion
            fikrlaydigan mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qilmoqda.
                  Kelajak istiqbollari va taʼlimdagi innovatsiyalar
                  Arxitektura  taʼlimida  sunʼiy  intellektni  kengroq  joriy  etish  kelgusida  bir  qator
            muhim  oʻzgarishlar  va  innovatsion  yondashuvlarni  talab  qiladi.  Taʼlim  jarayonini
            modernizatsiya qilish va uni XXI asr kasbiy talablariga moslashtirish bugungi kunning
            dolzarb vazifasidir. Shu oʻrinda SI ni quyidagi jarayonlarda keng qollash tavsiya etiladi.
                  Yangi  oʻquv  rejalarini  ishlab  chiqish  va  kiritish.  SI  integratsiyasi  shuni
            koʻrsatmoqdaki, anʼanaviy oʻquv dasturlaridagi ayrim fan va mavzularni qayta koʻrib
            chiqish,  yangilarini  esa  qoʻshish  lozim.  Koʻplab  xorijiy  arxitektura  fakultetlarida
            endilikda  “Sunʼiy  intellekt  va  kompyuterlashtirilgan  dizayn”,  “Maʼlumotlarga
            asoslangan  arxitektura”,  “Generativ  dizayn  asoslari”  kabi  yangi  fanlar  paydo
            boʻlmoqda. Bu fanlar doirasida talabalar AI algoritmlari, zamonaviy oʻqitish usullari,
            va  ularning  arxitekturaviy  vazifalarga  tadbiqi  haqida  bilim  va  koʻnikma  oladilar.
            Ayniqsa, dasturlash va algoritmik tafakkur boʻyicha bilimlar meʼmorlar uchun tobora                 505
            muhim boʻlib borayotgani bois Python, Grasshopper (Rhino uchun visual skriptlash)


                                                                                                           II SHO‘BA:

                                         Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   502   503   504   505   506   507   508   509   510   511   512