Page 512 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 512
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA
PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI”
OʻZBEKISTONDA IJTIMOIY TABAQALASHUVNING ZAMONAVIY
TENDENSIYALARI VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA
ULARNI MONITORING QILISHNING INNOVATSION IMKONIYATLARI
Muallif: Xakimov Ziyodulla Axmadovich
1
Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar
kafedrasi professori, i.f.d
1
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17355999
ANNOTATSIYA
Tadqiqotda Oʻzbekistonda ijtimoiy tabaqalashuvning zamonaviy shakllari va raqamli
transformatsiya jarayonlarining tengsizlikka taʼsiri tahlil qilindi. Empirik tahlillar Jini
koeffitsiyenti, Lorenz egri va DAD dasturi asosida olib borilib, ijtimoiy va raqamli
tafovutlarning oʻzaro bogʻliqligi aniqlangan. Natijalar raqamli infratuzilma, maʼlumotga kirish
va imkoniyatlar tengligi oʻrtasida muvozanat zarurligini koʻrsatadi. Tadqiqot ijtimoiy tenglikni
taʼminlash uchun innovatsion monitoring tizimini ishlab chiqish boʻyicha amaliy takliflarni
ilgari suradi.
Kalit soʻzlar: ijtimoiy tabaqalashuv, raqamli transformatsiya, tengsizlik, monitoring tizimi, Jini
koeffitsiyenti, raqamli infratuzilma, data inequality.
KIRISH
Jamiyatning barqaror rivojlanishi koʻp jihatdan undagi ijtimoiy tuzilmaning
muvozanatiga bogʻliq. Har bir davlatda iqtisodiy oʻsish bilan bir qatorda, ijtimoiy
qatlamlar oʻrtasidagi farqlarni yumshatish va teng imkoniyatlarni taʼminlash masalasi
muhim ahamiyat kasb etadi. Soʻnggi yillarda iqtisodiyotning raqamli yoʻnalishga
oʻtishi, axborot texnologiyalarining hayotning barcha sohalariga kirib kelishi ijtimoiy
jarayonlarning xarakterini tubdan oʻzgartirmoqda. Raqamli transformatsiya
jarayonlari jamiyatda yangi imkoniyatlar yaratish bilan birga, mavjud ijtimoiy
tafovutlarni ham oʻzgacha shaklda namoyon etmoqda. Shu sababli, ijtimoiy
tabaqalashuv va raqamli tengsizlik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻrganish ilmiy va
amaliy jihatdan alohida ahamiyatga ega.
Tadqiqotning markazida inson salohiyati, texnologik kirish imkoniyatlari va
ijtimoiy adolat oʻrtasidagi muvozanat masalasi turadi. Raqamli infratuzilmaning
kengayishi, axborot oqimlarining tezlashuvi va yangi iqtisodiy faoliyat turlari paydo
boʻlishi insonlar oʻrtasidagi ijtimoiy masofani qayta shakllantirmoqda. Bu jarayonda
ayrim ijtimoiy guruhlar texnologik oʻzgarishlardan faol foyda olayotgan boʻlsa,
boshqalar esa raqamli imkoniyatlardan chetda qolmoqda. Shu sababli, tadqiqotda
asosiy eʼtibor raqamli transformatsiya natijasida yuzaga kelayotgan yangi turdagi
tengsizliklarni aniqlash va ularni muntazam monitoring qilish mexanizmlarini
takomillashtirishga qaratiladi.
Tadqiqotning maqsadi — Oʻzbekistonda ijtimoiy tabaqalashuvning zamonaviy
tendensiyalarini tahlil qilish, raqamli transformatsiya jarayonlarining ijtimoiy 510
tengsizlikka taʼsirini baholash hamda bu jarayonlarni doimiy kuzatib boruvchi
II SHO‘BA:
Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari
https://www.asr-conference.com/

