Page 514 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 514
Mazkur metodologiya tadqiqot natijalarining ishonchliligini taʼminlab, ijtimoiy
tengsizlikni raqamli transformatsiya sharoitida oʻlchash uchun konseptual asos
yaratadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Zamonaviy ijtimoiy tuzilma iqtisodiy islohotlar, texnologik oʻzgarishlar va
madaniy jarayonlarning uygʻunlashgan bosqichida shakllanmoqda. Ijtimoiy
tabaqalashuv jarayonlari endilikda yanada murakkab, ammo tizimli tus olgan boʻlib,
bu jarayon nafaqat iqtisodiy resurslar, balki bilim, innovatsion salohiyat va raqamli
imkoniyatlardan foydalanish darajasi bilan ham belgilanadi. Bugungi globallashuv
sharoitida ijtimoiy qatlamlar oʻrtasidagi tafovutlar mavjud boʻlishiga qaramay,
davlatning ijtimoiy siyosati va taʼlim sohasidagi islohotlar ularni
muvozanatlashtirishga qaratilmoqda. Shu bois, daromadlar farqi nafaqat iqtisodiy
koʻrsatkichlar orqali, balki ijtimoiy ishtirok, imkoniyat va madaniy kapital oʻrtasidagi
muvozanat orqali ham tahlil etilishi zarur.
2
2-rasm. Oʻzbekiston boʻyicha Lorenz egri (2010–2024-yillar oʻrtacha qiymat)
Iqtisodiy tizimlar transformatsiyasi ijtimoiy tabaqalashuv shaklini ham yangicha
koʻrinishga keltirmoqda. Xitoyda olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, iqtisodiy
islohotlarning dastlabki bosqichlarida ijtimoiy harakatchanlik yuqori boʻlgan, biroq
bozor mexanizmlarining kuchayishi bilan u sekinlashgan [1]. Oʻzbekiston sharoitida
esa bozor islohotlari ijtimoiy qatlamlar oʻrtasida imkoniyatlarni kengaytirish bilan
birga, yangi mehnat segmentlarini shakllantirdi. Ijtimoiy siyosatning yoʻnaltirilganligi,
xususan, taʼlim va bandlik sohasidagi davlat dasturlari tufayli oʻrta sinfning
512
2 Muallif ishlanmasi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari asosida
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/living-standards-2
II SHO‘BA:
Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari
https://www.asr-conference.com/

