Page 515 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 515
mustahkamlanish jarayoni kuzatilmoqda. Shu bois, bozor iqtisodiyotining rivojlanishi
mavjud tabaqalashuvni kuchaytirish oʻrniga, ijtimoiy mobilitetni qoʻllab-
quvvatlashning samarali mexanizmlarini yaratmoqda.
2-rasmda keltirilgan Lorenz egri Oʻzbekiston boʻyicha daromadlarning oʻrtacha
taqsimlanishini aks ettiradi. Grafikda egri mutlaq tenglik chizigʻidan past joylashgan
boʻlsa-da, u tengsizlikning chuqurlashmagan, barqaror va ijtimoiy nazorat ostidagi
shaklda saqlanayotganini koʻrsatadi. 2010–2016-yillar oraligʻida egri tenglik chizigʻiga
yaqinlashgan — bu ijtimoiy siyosatning samarali boʻlganidan dalolat beradi. 2020-
yildan keyingi biroz ogʻishlar pandemiya taʼsiri bilan izohlanadi, biroq 2024-yilga kelib
egri chiziqning barqarorlashuvi iqtisodiy tiklanish va ijtimoiy himoya
mexanizmlarining kuchayganini koʻrsatadi. Lorenz egri jamiyatda ijtimoiy barqarorlik
va iqtisodiy oʻsish oʻrtasidagi muvozanat saqlanib turganini ifodalaydi.
Ijtimoiy qatlamlar oʻrtasidagi tafovutlar, asosan, mafkuraviy, madaniy va tarixiy
omillar bilan chambarchas bogʻliq. Zafirovski [10] ijtimoiy tizimlarning mafkuraviy
asoslarini tahlil etar ekan, tarixan shakllangan axloqiy qadriyatlar ijtimoiy iyerarxiyani
tartibga soluvchi mexanizm sifatida xizmat qilganini taʼkidlaydi. Oʻzbekiston
jamiyatida esa milliy qadriyatlar va oʻzaro hurmat madaniyati ijtimoiy muvozanatni
saqlab turuvchi omil boʻlib, tenglik tamoyillarining kuchayishiga xizmat qilmoqda.
3-rasm. Oʻzbekiston boʻyicha Jini koeffitsiyenti dinamikasi (2010–2024)
3
Madaniy kapital va taʼlim salohiyati zamonaviy tabaqalashuvning eng muhim
omiliga aylangan. Yuqori ijtimoiy qatlamlar oʻz mavqeyini bilim, texnologik
savodxonlik va innovatsion faoliyat orqali mustahkamlab borayotgan boʻlsa, quyi
qatlamlar uchun ham bu imkoniyatlar kengaymoqda. Davlatning raqamli
513
3 Muallif ishlanmasi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari asosida
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/living-standards-2
II SHO‘BA:
Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari
https://www.asr-conference.com/

