Page 504 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 504

oʻqituvchi hal qiluvchi (fasilitator) rolini saqlab qoladi. SI esa asosan oʻquv jarayonining
            katta    didaktik     taʼsir   koʻrsatmaydigan,        ammo       samaradorlikni       oshiruvchi
            komponentlari masalan, oraliq monitoring, oddiy tekshiruv va maʼmuriy vazifalarni
            avtomatlashtirish  orqali  pedagogik  jarayonni  qoʻllab-quvvatlaydi.  Bu  yondashuv
            natijasida  taʼlimning  insoniy,  ijodiy  jihatlari  oʻqituvchi  va  talaba  muloqotida
            mustahkamlanadi, SI esa ularni samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi yordamchi
            vosita sifatida funksional oʻrin egallaydi.
                   Tadqiqotda adabiyotlar sharhi va konseptual-analitik tahlil metodlari qoʻllanildi.
            Scopus bazasida 2024-2025 yillarda chop etilgan maqolalar tanlab olinib, generativ
            dizayn,  AI-assistentlar  boʻyicha  tajribalar  qiyosiy  tahlil  qilindi.  Maʼlumotlar  tematik
            guruhlarga  ajratilib,  SI  ning  oliy  taʼlimdagi  va  ayniqsa  arxitektura  taʼlimidagi  taʼsir
            doirasi umumlashtirildi.

                   METODOLOGIYA
                   Maqolada  belgilangan  masalalarni  oʻrganish  uchun  adabiyotlar  sharhi
            (literature  review)  usuliga  tayanildi.  Bunda  Scopus  bazasida  indekslangan  soʻnggi
            yillarda  chop  etilgan  ilmiy  maqolalar,  tajriba  hisoboti  va  hisobotlar  tanlab  olinib,
            ularning  natijalari  qiyosiy  tahlil  qilindi.  Tadqiqotlar  asosan  quyidagi  yoʻnalishlarni
            qamrab oldi: Dizayn taʼlimida generativ SI vositalari – matndan-tasvirga generatsiya,
            neyrotarmoq asosida eskiz yaratish kabi usullarni arxitektura loyihalashning konsept
            bosqichiga  joriy  etish  tajribalari.  SIning  pedagogik  jarayondagi  roli  –  oʻqituvchi  va
            talaba munosabatlarining oʻzgarishi, AI yordamida avtomatlashtirilgan maslahat va
            mulohaza  (feedback)  tizimlarining  samaradorligi.  Talabalarning  ijodkorligi  va
            unumdorligiga taʼsir – SI vositalari yordamida talabalarning kreativ fikrlashi, vaqtni
            boshqarishi va natijadorligi dinamikasini oʻrganish. Kelajak taʼlimi uchun innovatsion
            yondashuvlar  –  SI  integratsiyasiga  mos  yangi  oʻquv  dasturlari,  shaxsiylashtirilgan
            oʻqitish, baholash va inklyuzivlik nuqtai nazaridan takliflar. Tanlangan manbalardagi
            maʼlumotlar arxitektura taʼlimi kontekstida umumlashtirildi. Avvalo, mavjud usullar
            va erishilgan yutuqlar tasniflandi, soʻngra ularning taʼlim jarayoniga taʼsir doirasi va
            cheklovlari tahlil etildi. Yakunda adabiyotlar tahlilidan kelib chiqqan holda xulosalar
            hamda kelgusiga tavsiyalar shakllantirildi.

                   TAHLILLAR
                  Arxitektura  va  qurilish  oliy  oʻquv  yurtlarida  SI  texnologiyalaridan  foydalanish

            usullari. Arxitektura taʼlim jarayonida SI turli bosqich va vazifalarda qoʻllanilmoqda.
            Dizayn  konsepsiyasini  yaratishda  generativ  dizayn  usullari  keng  joriy  etilmoqda.
            Tadqiqotlar koʻrsatishicha, arxitektura talabalari generativ AI vositalaridan konseptual
            loyihalash bosqichida foydalanib, oʻz gʻoyalarini tezkor vizuallashtirish va bir nechta
            muqobil yechimlarni qisqa fursatda yaratishga erishmoqdalar [2]. Masalan, Kee va
            hamkorlarining tadqiqotida arxitektura talabalari generativ AI yordamida dastlabki
            gʻoyalarni shakllantirib, oʻquv jarayonida anʼanaviy usullarga qaraganda ancha tez va
            samarali  konseptlar  ishlab  chiqqani  qayd  etilgan.  Natijada  gʻoyalar  aniqroq
            ifodalangan, ish unumdorligi oshgan va talabalarning vaqtni boshqarish koʻnikmalari
            yaxshilangan. Generativ AI shuningdek matn vatasvir modellar yordamida koʻp sonli
            dizayn variantlarini yaratib, talabalarga vizual tajriba orttirish imkonini beradi. Misol
            tariqasida, AQSHdagi dizayn studiyalaridan birida talabalarning jismoniy maket va
            matnli soʻrovlar asosida 50 mingdan ortiq variantdagi arxitektura tasvirlarini AI orqali            502
            generatsiya qilgani, soʻng ular orasidan eng optimal yechimlarni tanlab olgani haqida


                                                                                                           II SHO‘BA:

                                         Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   499   500   501   502   503   504   505   506   507   508   509