Page 497 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 497

Toʻrtinchidan,      baholash      tizimi,    oʻqitish    uslublari    va     yondashuvlar
            anʼanaviyligicha  qolmoqda.  Oʻquvchilarning  bilim  darajasi  asosan  grammatik
            bilimlar asosida baholanadi, yozma va ogʻzaki nutq koʻnikmalarining shakllanishiga
            doir  indikatorlar  amaliyotda  yetarlicha  qoʻllanilmaydi.  Aksariyat  sinovlar  va  testlar
            variantli (multiple choice) shaklda boʻlib, muloqotga asoslangan baholash vositalari
            (rubrik,  portfolio,  self-assessment)  juda  kam  hollarda  ishlatiladi.  Mavjud  baholash
            tizimi  sunʼiy  intellekt  vositalari  tomonidan  tahlil  qilishga  yaroqli  emas,  bu  esa  AI
            asosidagi  real-vaqtli  tahlil,  differensial  baholash,  oʻz-oʻzini  monitoring  qilish
            imkoniyatlarini cheklaydi.Yuqoridagi muammolar Oʻzbekiston taʼlim tizimida ingliz
            tilini  oʻqitish  jarayonini  zamonaviy,  texnologik  va  lingvodidaktik  tamoyillarga
            asoslangan yondashuvga oʻtkazish zaruratini ochiq koʻrsatadi. Oʻqituvchi malakasi,
            metodik  taʼminot,  texnologik  infratuzilma  va  baholash  tizimi  oʻrtasida  mavjud
            tafovutlar  sunʼiy  intellekt  texnologiyalarini  joriy  qilishda  eng  muhim  toʻsiq  boʻlib
            qolmoqda. Shunday ekan, bu muammolarni hal qilishning innovatsion yoʻli sifatida
            oʻquvchilarning ehtiyojiga mos, diagnostik va adaptive metodikaga ega boʻlgan AI-
            yordamli taʼlim modeli ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish dolzarb vazifadir.

                   XULOSA
                  Xulosa  qilib  aytganda,  Respublikamizda  xorijiy  tillarni,  xususan  ingliz  tilini
            oʻqitish  tizimini  tubdan  modernizatsiya  qilish  yoʻlida  taʼlim  siyosatining  strategik
            asoslari  yaratilgan. Bu  siyosat doirasida  sunʼiy  intellekt  texnologiyalarining  maktab
            taʼlimiga  keng  joriy  etilishi  nafaqat  zamonaviy  didaktik  yondashuv,  balki  davlat
            miqyosidagi  ilmiy-texnik  ustuvorlik  sifatida  shakllanmoqda.  Shunday  ekan,  ushbu
            islohotlarning mazmun-mohiyatiga tayanib, maktab darslari uchun sunʼiy ntellektga
            asoslangan metodik model ishlab chiqish va u orqali oʻquvchilarning lingvodidaktik
            kompetensiyalarini  rivojlantirish  bugungi  kun  taʼlimi  oldida  turgan  muhim  ilmiy-
            amaliy vazifa boʻlib qolmoqda. Yuqorida koʻrib chiqilgan tahliliy jihatlar – amaliy holat,
            mavjud  muammolar  va  rivojlanish  strategiyalari  –  shuni  yaqqol  koʻrsatadiki,
            Oʻzbekiston      umumtaʼlim        maktablarida       ingliz    tilini   oʻqitish   tizimi    jadal
            modernizatsiyalash  bosqichiga  kirgan  boʻlsa-da,  bu  jarayonda  hal  qilinishi  lozim
            boʻlgan tizimli kamchiliklar mavjud. Jumladan, oʻqituvchilarning malaka darajasi va
            metodik  tayyorgarligi  pastligi,  mavjud  darslik  va  oʻquv-uslubiy  materiallarning
            didaktik     jihatdan     eskirganligi,     baholash      tizimining      AI    vositalari    bilan
            ntegratsiyalanmaganligi, texnologik infratuzilma va raqamli resurslarning taqchilligi,
            shuningdek sunʼiy intellekt texnologiyalarining oʻqitish jarayoniga metodik jihatdan
            moslashtirilmaganligi ushbu sohada kompleks yangilanishni taqozo etadi.

                  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
              1.    Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Chet  tillarini  oʻrganish  tizimini
                    yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori. – Toshkent, 2012.
              2.    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida ingliz
                    tili oʻqitishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori. – Toshkent, 2021.
              3.    Xoʻjayev,  M.  va  boshq.  Ingliz  tili  oʻqitish  metodikasi.  –  Toshkent:  Oʻqituvchi,
                    2019.
              4.    Abdullaeva, S. Ingliz tili taʼlimida innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Fan va
                    texnologiya, 2020.                                                                          495





                                                                                                           II SHO‘BA:

                                         Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   492   493   494   495   496   497   498   499   500   501   502