Page 524 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 524
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA
PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI”
MUSTAQIL TAʼLIM VA SUNʼIY INTELLEKT INTEGRATSIYASI:
MUVAFFAQIYAT OMILLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Muallif: Xolmurodov Behzod Botir oʻgʻli
1
Affiliyatsiya: Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti
1
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17357441
ANNOTATSIYA
Mazkur tezisda mustaqil taʼlim va sunʼiy intellekt integratsiyasining zamonaviy taʼlim
tizimidagi oʻrni hamda uning muvaffaqiyat omillari va rivojlanish tendensiyalari yoritilgan.
Mustaqil taʼlim talabalarda mustaqil fikrlash, izlanish va ijodkorlikni shakllantirishning muhim
shakli sifatida qaraladi. Sunʼiy intellekt texnologiyalarining joriy etilishi esa ushbu jarayonni
yanada samarali tashkil etishga, individual taʼlim traektoriyalarini shakllantirishga,
diagnostika va baholashni avtomatlashtirishga hamda oʻqituvchi faoliyatini qoʻllab-
quvvatlashga imkon yaratadi. Tadqiqot natijalariga koʻra, integratsiyaning muvaffaqiyat
omillari sifatida oʻqituvchilarning raqamli savodxonligi, talabalarning motivatsiyasi,
pedagogik dizayn, raqamli resurslar sifati va texnologik infratuzilma alohida ahamiyat kasb
etadi. Prognoz tahlillar shuni koʻrsatadiki, 2025–2030 yillarda SI integratsiyasi mustaqil taʼlim
samaradorligini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda. Mazkur natijalar mustaqil taʼlim
jarayonini yanada takomillashtirish, taʼlim sifatini oshirish va innovatsion yondashuvlarni
rivojlantirish uchun ilmiy-amaliy asos boʻlib xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar: Mustaqil taʼlim, sunʼiy intellekt, integratsiya, taʼlim samaradorligi, motivatsiya,
pedagogik dizayn, taʼlim texnologiyalari, diagnostika, baholash.
KIRISH
Hozirgi davrda taʼlim jarayonida mustaqil taʼlimning oʻrni tobora ortib
bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasida ham taʼlim tizimini modernizatsiya qilish,
xalqaro standartlarga moslashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish
masalalari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan.
Xususan, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunda taʼlimning asosiy vazifalaridan biri sifatida
shaxsning mustaqil taʼlim olish qobiliyatini rivojlantirish belgilangan [1]. Prezident
Sh.M. Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “Bugungi kunda bilim olishning zamonaviy
usullarini joriy etish, yoshlarni mustaqil fikrlashga, izlanishga oʻrgatish bizning
ustuvor vazifamizdir” [2]. Bu fikrlar, bir tomondan, talabalarning mustaqil taʼlim olish
jarayonini jadallashtirish zarurligini koʻrsatsa, ikkinchi tomondan, uni sunʼiy intellekt
kabi ilgʻor texnologiyalar bilan uygʻunlashtirishni taqozo etadi.
ASOSIY QISM
Mustaqil taʼlim – talabaning shaxsiy izlanishlariga, oʻz-oʻzini rivojlantirishga
asoslangan jarayon boʻlib, zamonaviy taʼlimda uning ahamiyati yanada ortmoqda.
Sunʼiy intellekt esa talabaning individual ehtiyojlarini hisobga oluvchi, moslashtirilgan
(adaptiv) oʻqitish, bilimlarni diagnostika qilish va baholash imkoniyatlarini 522
yaratmoqda. Shu bois, mustaqil taʼlim va sunʼiy intellekt integratsiyasini oʻrganish
II SHO‘BA:
Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari
https://www.asr-conference.com/

