Page 525 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 525

nafaqat  nazariy,  balki  amaliy  jihatdan  ham  dolzarbdir.  Sunʼiy  intellekt  (SI)  esa,
            insonning  aqliy  faoliyatini  modellashtiruvchi  texnologiyalar  majmuasi  boʻlib,  taʼlim
            sohasida u oʻquvchilarning individual ehtiyojlariga moslashuvchi oʻquv dasturlarini
            yaratish, bilimlarni testlash va baholashni avtomatlashtirish, hamda taʼlim jarayonini
            monitoring qilish imkoniyatlarini beradi.
                  Mustaqil taʼlim va sunʼiy intellektning integratsiyasi nazariy jihatdan ikki muhim
            asoslarga tayanadi:
               •  Pedagogik asos – oʻquvchi va talabalarning mustaqil taʼlim faoliyatini samarali
                   tashkil etish uchun sunʼiy intellektdan yordamchi vosita sifatida foydalanish. Bu
                   jarayonda oʻqituvchi – yoʻnaltiruvchi va maslahat beruvchi, SI esa – individual
                   bilimlarni boshqaruvchi tizim vazifasini bajaradi.
               •  Psixologik  asos  – talabaning  oʻquv  motivatsiyasini  oshirish,  oʻz  qobiliyatlarini
                   rivojlantirish  hamda  individual  taʼlim  traektoriyasini  shakllantirishga  xizmat
                   qiladi. Sunʼiy intellekt orqali talaba oʻzining kuchli va zaif tomonlarini aniqlab,
                   shunga mos ravishda mustaqil oʻquv strategiyasini ishlab chiqishi mumkin.
                  Demak, mustaqil taʼlim va sunʼiy intellektning uygʻunlashuvi – taʼlim jarayonini
            individuallashtirish,  shaxsiy  yondashuvni  kuchaytirish  va  bilimlarni  samarali
            egallashni taʼminlovchi yangi bosqichni yuzaga keltiradi(1-jadval).
                  Mustaqil  taʼlim  va  sunʼiy  intellekt  (SI)  integratsiyasi  samaradorligi  koʻplab
            omillarga bogʻliq boʻlib, ularning taʼlim sohasiga aloqador jihatlari alohida ahamiyat
            kasb  etadi.  Integratsiyaning  muvaffaqiyatli  boʻlishi,  avvalo,  oʻquv  jarayonining
            metodik  asoslariga  tayanadi.  SI  vositalari  oʻquv  dasturlariga  shunchaki  qoʻshib
            qoʻyilmasligi,  balki  mustaqil  taʼlim  faoliyatini  qoʻllab-quvvatlashga  xizmat  qilishi
            lozim.  Shu  bois,  topshiriqlarni  individuallashtirish,  talabalarning  mustaqil  ishlash
            darajasiga  moslashtirish  va  baholash  mexanizmlarini  integratsiya  qilish  muhim
            hisoblanadi. SI texnologiyalaridan samarali foydalanish oʻqituvchilarning raqamli va
            metodik  savodxonligiga  bogʻliq.  Oʻqituvchi  –  talaba  uchun  yoʻnaltiruvchi  va
            koʻmakchi  rolini  bajaradi,  SI  esa  mustaqil  taʼlimni  boshqaruvchi  vosita  sifatida
            namoyon  boʻladi.  Shu  sababli,  pedagoglarning  zamonaviy  texnologiyalarni  oʻquv
            jarayoniga qoʻshishdagi malakasi integratsiyaning muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy
            omillardandir.

                                         1-jadval. Mustaqil taʼlim va sunʼiy intellekt integratsiyasining
                                                                                     taʼlim jarayoniga taʼsiri

                                                       Mustaqil taʼlim          Sunʼiy intellekt orqali qoʻshimcha
                              Yoʻnalishlar
                                                     imkoniyatlari                    imkoniyatlar
                                                         Talabaning               Individual oʻquv traektoriyasi
                          Bilim olish
                                                   mustaqil izlanishi                   yaratish
                                                        Kitob, maqola,          Raqamli kutubxona, intellektual
                          Axborot manbalari
                                                      darsliklar                    qidiruv tizimlari
                          Oʻzlashtirish                  Oʻqituvchi                    Real vaqt rejimida
                   monitoringi                   tomonidan baholash             avtomatlashtirilgan tahlil
                                                        Ichki ragʻbat                Gamifikatsiya, shaxsga
                          Motivatsiya
                                                       asosida                 moslashtirilgan maslahatlar
                                                       Yoʻnaltiruvchi va
                          Oʻqituvchi roli                                           Mentor + SI yordamchisi
                                                      nazoratchi
                                                                                                                523




                                                                                                           II SHO‘BA:

                                         Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   520   521   522   523   524   525   526   527   528   529   530