Page 526 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 526

Mustaqil taʼlimning muvaffaqiyatli boʻlishi talabadan yuqori darajada masʼuliyat
            va oʻzini boshqarish koʻnikmalarini talab etadi. SI asosidagi platformalar talabalarning
            kuchli  va  zaif  tomonlarini  aniqlash,  individual  tavsiyalar  berish orqali  motivatsiyani
            oshirishi mumkin. Ammo  bu  jarayon  samaradorligi  talabaning  mustaqil  ishlashga
            tayyorgarligiga  bevosita  bogʻliq.  Sunʼiy  intellekt  texnologiyalaridan  foydalanishda
            oʻquv  mazmunini  modul  va  bloklarga  ajratish,  ularni  talabalarning  individual
            oʻzlashtirish  surʼatiga  moslashtirish  zarur.  Moslashuvchan  mazmun  talabaning
            qiziqish va ehtiyojlariga qarab yoʻnaltirilgan mustaqil taʼlimni tashkil etish imkonini
            beradi. SI integratsiyasida muvaffaqiyat omillaridan biri — samarali baholash tizimini
            yaratishdir. Avtomatlashtirilgan diagnostika vositalari talabalarning bilim darajasini
            tez  va  aniq  baholash  imkonini  beradi,  oʻqituvchiga  esa  individual  yondashuvni
            tanlashda  yordam  beradi.  Natijada,  mustaqil  taʼlim  jarayoni  muntazam  nazorat
            ostida boʻladi va talabaning rivojlanish dinamikasi kuzatib boriladi.






















                     1-rasm. Mustaqil taʼlim va sunʼiy intellekt bilan integratsiyalashgan mustaqil taʼlim
                                                rivojlanish tendensiyalari

                  Yuqoridagi  1-rasmda    keltirilgan  raqamlar  —  yaʼni  2025-2027-2030  yillarda
            mustaqil taʼlim va sunʼiy intellekt bilan integratsiyalashgan mustaqil taʼlim rivojlanishi
            prognozlari  (Grand View Research) “AI in education” bozorining 2025-2024 yillardagi
            hajmi baholanib, 2025-2030 davrida taxminiy oʻsish surʼatlari — CAGR (Compound
            Annual Growth Rate) asosida hamda A Narrative Review on Artificial Intelligence in
            Education: Transforming Teaching, Learning, and Assessment (Bernal va boshqalar,
            2025) nomli maqolada keltirib oʻtilgan AI ning taʼlimga kirib kelishi, oʻquv, baholash
            va  pedagogik  amaliyotda  qanday  oʻzgarishlar  boʻlishi  mumkinligi,  tayyorgarlik  va
            infratuzilma kabi maʼlumotlar asosida prognoz qilingan[3-4].
                  Taʼlim jarayoniga sunʼiy intellekt texnologiyalarini integratsiyalash muvaffaqiyati
            bir qator omillarga bogʻliq boʻlib, ushbu omillar nisbiy ulushi boʻyicha farqlanadi (2-
            rasm). Tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, eng muhim omil sifatida oʻqituvchilarning
            raqamli  savodxonligi  (25%)  ajralib  turadi.  Bu  holat  oʻqituvchilarning  yangi
            texnologiyalarni  oʻzlashtirish  va  ularni  oʻquv  jarayoniga  samarali  tatbiq  eta  olish
            qobiliyatiga bevosita bogʻliqdir. Ikkinchi oʻrinda pedagogik dizayn (22%) qayd etilgan
            boʻlib, taʼlim jarayonini ilmiy-metodik jihatdan toʻgʻri loyihalash SI integratsiyasining
            samaradorligini  oshirishda  hal  qiluvchi  ahamiyat  kasb  etadi.  Talabalarning
            motivatsiyasi  (20%)  ham  muhim  omil  boʻlib,  oʻquv  jarayonida  talabalarning  faol             524
            ishtiroki  va  oʻzlashtirishga  boʻlgan  qiziqishi  innovatsion  yondashuvlarning


                                                                                                           II SHO‘BA:

                                         Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   521   522   523   524   525   526   527   528   529   530   531