Page 527 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 527

natijadorligini     belgilaydi.    Shuningdek,       raqamli      resurslar    sifati   (18%)    SI
            texnologiyalaridan  foydalanishning  samaradorligini  belgilovchi  asosiy  shartlardan
            biri  hisoblanadi.  Chunki  sifatli  elektron  darsliklar,  multimediya  materiallari  va
            interaktiv  platformalar  sunʼiy  intellekt  imkoniyatlarini  toʻliq  roʻyobga  chiqarishga
            xizmat qiladi. Texnologik infratuzilma (15%) esa zarur texnik baza, internet tarmogʻi va
            dasturiy  vositalarning  yetarliligi  orqali  taʼlim  jarayonining  uzluksizligini  taʼminlaydi.
            Mazkur  natijalar  xalqaro  tajribalar[5-8]  hamda  soʻnggi  yillarda  olib  borilgan  ilmiy
            izlanishlarga  tayangan  holda  shakllantirilgan  boʻlib,  ular  SI  integratsiyasining
            muvaffaqiyati  faqat  texnik  shart-sharoitlargagina  emas,  balki  pedagoglarning
            malakasi  va  taʼlim  jarayonining  ilmiy  asosda  tashkil  etilishiga  ham  bogʻliqligini
            tasdiqlaydi.


















                   2-rasm. SI integratsiyasining taʼlim jarayonining muvaffaqiyat omillariga taʼsiri


                  SI  asosidagi  taʼlimiy  platformalar  talabaning  bilim  darajasi,  qiziqishi  va
            oʻzlashtirish surʼatiga qarab, individual oʻquv yoʻnalishlarini shakllantirishi mumkin.
            Bu  esa  mustaqil  taʼlim  jarayonini  talabaning  ehtiyojlariga  maksimal  darajada
            moslashtirish  imkonini  beradi.  Soʻnggi  yillarda  SI  asosidagi  virtual  oʻqituvchilar,
            suhbatdosh dasturlar (chatbotlar) va intellektual tutor tizimlari keng qoʻllanilmoqda.
            Ular  talabaga  24/7  rejimda  maslahat  berish,  savollarga  javob  qaytarish,  mustaqil
            topshiriqlarni  bajarishda  yoʻl-yoʻriq  koʻrsatish  imkoniyatini  yaratmoqda.  Taʼlim
            jarayonida yigʻilayotgan katta hajmdagi maʼlumotlarni (big data) SI yordamida tahlil
            qilish orqali oʻquvchilarning oʻzlashtirish dinamikasini kuzatish, qiyinchiliklarni erta
            aniqlash  hamda  samarali  taʼlim  strategiyalarini  ishlab  chiqish  imkoniyati
            kengaymoqda. Bu esa mustaqil taʼlim sifatini oshirishning muhim omili hisoblanadi.
            Ochiq  taʼlim  resurslari  (OER),  raqamlashtirilgan  darsliklar  va  SI  asosida  tavsiya
            etiladigan  qoʻshimcha  materiallar  mustaqil  taʼlim  jarayonini  boyitmoqda.  Bunda
            talaba oʻz qiziqishiga mos kontentni tanlash imkoniga ega boʻladi.

                  XULOSA
                  Mustaqil taʼlim va sunʼiy intellekt integratsiyasi zamonaviy taʼlim tizimida taʼlim
            jarayonini  yangicha  sifat  bosqichiga  olib  chiqadigan  muhim  yoʻnalishlardan  biri
            hisoblanadi.  Sunʼiy  intellekt  texnologiyalari  talabalarning  mustaqil  bilim  olish
            faoliyatini  samarali  tashkil  etish,  individual  taʼlim  traektoriyalarini  shakllantirish,
            oʻqituvchi  faoliyatini  qoʻllab-quvvatlash  hamda  taʼlim  mazmunini  moslashuvchan
            boshqarish imkonini beradi. Integratsiyaning muvaffaqiyati, eng avvalo, pedagogik
            yondashuvlarning  toʻgʻri  tanlanishi, oʻqituvchilarning  kasbiy  tayyorgarligi,  talabalar         525
            motivatsiyasi va raqamli resurslarning sifatiga bogʻliqdir. Shuningdek, SI vositalaridan


                                                                                                           II SHO‘BA:

                                         Sun'iy intellekt va insoniy munosabatlar transformatsiyasi: shaxsdagi muvaffaqiyatlar va rivojlanish istiqbollari

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   522   523   524   525   526   527   528   529   530   531   532