Page 52 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 52

kiradi. Tarmoq tuzilishi yoki topologiyasi besh xil bo’lishi mumkin.

                        Katta tarmoqlar ham foydali bo’lishiga qaramasdan, ko’pgina kompaniyalar

                  bir  bino  hududidagi  qurilma  va  kompyuterlarni  lokal  tarmoqlarni  birlashtirishni

                  afzal  ko’rishadi.  Biz  quyida  lokal  tarmoqlarning  quyidagi  jihatlari  xususida

                  to’xtalamiz:

                        - lokal tarmoq turlari: PBX va LHT;

                        - LHT turlari;

                        - LHT tarkibiy qismlari;

                        - LHT topologiyasi: yulduz, halqa, shina, gibrid va FDDI;

                        - Impact of LANs.

                        PBX  (Private  Branch  Exchange-).  Bino  doirasidagi  telefon  simlari  orqali

                  aloqa qilishga asoslangan lokal tarmoq. U tashqi  telefon liniyasiga ham ulanishi

                  mumkin. Bu eski texnologiya bo’lib, hozir asta-sekin kamayib bormoqda. Tezligi

                  past.

                        LHT  (Local  Area  Network).  PBX  mavjud  telefon  liniyalari  orqali  aloqa

                  qilishni  ta’minlay  oladi.  LHT  esa  odatda  aloqa  kanaliga  ega  bo’lishi  kerak.  Bu

                  kanal simli yoki simsiz bo’lishi mumkin. LHT kommunikatsion aloqalar, tarmoq

                  operatsion  sistemasi,  shaxsiy  kompyuterlar  yoki  ishchi  stantsiyalar,  serverlar  va

                  boshqa umumfoydalanishga mo’ljallangan qurilmalardan  iborat. Bu qurilmalarga

                  printerlar,  skanerlar  vav  saqlash  qurilmalari  kirishi  mumkin.  Katta  tarmoqlardan

                  farqli o’laroq LHTlarda xost-kompyuterdan foydalanilmaydi.



                                    2.LHT turlari: kliyent-server va piring(peer-to-peer).

                        LHTning asosiy ikki turi mavjud: kliyent-server va piring.

                         Kliyent-server tipidagi LHT. Bu tipdagi LHT talab qiluvchi mikrokompyuter

                  –  kliyentlar  va  xizmat  ko’rsatuvchi  qurilmalar-serverlardan  iborat.  Server

                  taqsimlangan ma’lumot va qurilmalarni(masala, printer) boshqarib turadi. Tarmoq

                  operatsion sistemasining bir qismi esa serverlarda joylashadi. Tarmoq operatsion

                  sistemasi uzoqdagi disklarni “yaqinlashtiradi”. Server odatda kuchliroq kompyuter

                  bo’lib,  katta  operativ  xotira  va  katta  si\imli  qattiq  diskka  ega  bo’ladi.  Yaqin

                  o’tmishda Novell Netware tarmoq operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlovchi


                                                                51
   47   48   49   50   51   52   53   54   55   56   57