Page 50 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 50

II-BOB. LOKAL HISOBLASH TARMOG’IGA KIRISH

                         *************************************************************


                                   2.1. LOKAL KOMPYUTER TARMOG‘IGA KIRISH



                                                                Reja:

                        1. Lokal tarmoq va uning turlari

                        2. LHT turlari: kliyent-server va piring(peer-to-peer).

                        3. LHTning tarkibiy qismlari

                        4. Lokal kompyuter tarmog’ida ishlash afzalligi.


                        Tayanch  so’z va  iboralar:  Lokal, lokal  Kompyuter tarmog’i,  magnit  disk,

                  fayl,  umumiy  resurslar,  printer,  amaliy  programmalar,  tarmoq  zaruriyati,  tarmoq

                  topologiyasi,  monokal  Kompyuter,  Kanal,  monokanal,  tarmoq,  topologiya,

                  Ethernet tarmoq, token, arnet, chastota, eltuvchi chastota, CSMA/CD.



                                                1. Lokal tarmoq va uning turlari

                        Lokal  tarmoqlar  keyingi  vaqtda  bitta  kompyuterdan  ko‘proq  bo‘lgan  har

                  qanday  kompaniyani  majburiy  buyumiga  aylanayapti.  “Lokal  tarmoqlar”  (LAN,

                  Local Area Network) aynan, lokal deganda shunday tarmoqlarni tushinish kerakki,

                  o‘lchamlari  katta  bo‘lmagan  bir-biriga  yaqin  joylashgan  kompyuterlarni

                  birlashtiradi. Apparaturalarni va dasturiy vositalarni takomillashtirish shunday bir

                  darajaga  yettiki,  oddiy  tarmoqni  o‘rnatish  va  ekspluatatsiya  qilish  amalida  har

                  qanday ozmi-ko‘pmi savodi bo‘lgan foydalanuvchining qo‘lidan keladigan bo‘lib

                  qoldi.  Oxirgi  eng  ko‘p  tarqalgan  Windows  operatsion  tizimlari  esa  yetarli

                  rivojlangan  tarmoqli  vositalarga  ega,  shu  tufayli  maxsus  tarmoqli  dasturlarni

                  ta’minot  hech  majbur  emas.  Avval  faqat  maxsus  o‘qitilgan  professionallarning

                  qo‘lidan keladigan bo‘lsa, endi har qanday foydalanuvchi oson ba-jarishi mumkin.

                        Lokal  hisoblovchi  tarmoq  (LHT)  bu  kabel  (angl.  Wireless-simsiz)  orqali

                  maxsus  komponentlar  yordamida  apparatli  va  dasturli  ta’minotda  shaxsiy

                  kompyuter (ShK) va atrofdagi qurilmalarni birlashtirish.


                                                                49
   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54   55