Page 53 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 53
LHTlar eng ko’p tarqalgan edi. Kliyent-server texnologiyasi Internet tarmog’iga
ulanishda ham amal qiladi. Kliyent mashina GUI asosidagi operatsion sistema va
brouzerga ega bo’lishi yetarli.
Bitta LHTda turli vazifalar uchun turli serverlar ajratilishi mumkin(fayl-
server, ma’lumotlar bazasi serveri, bosmaga chiqarish serveri va hokazo).
Piring (peer-to-peer) tipidagi LHT. “Peer” so’zi “o’zga bilan teng huquqli”
degan ma’noni bildiradi. Piring tipidagi LHTda barcha kompyuterlar hech qanday
serversiz bir-birlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilishadi. Bunda tarmoq
operatsion sistemasi har bir kompyuter ham server, ham kliyent bo’lishiga imkon
beradi. Shuning uchun bir kompyuterdagi har qanday fayldan tarmoqning ixtiyoriy
boshqa foydalanuvchisi foydalanishi mumkin. Piring tarmoqlari kliyent-server
tarmoqlariga nisbatan arzonroq va 25-tagacha kompyuter bilan samarali samarali
ishlaydi. Kompyuterlar soni bundan oshsa, ma’lumot almashinish tezligi keskin
pasayadi, chunki har bir kompyuter 25 dan ortiq kompyuterga xizmat ko’rsatishiga
to’g’ri keladi.
Ko’pgina LHTlar ham kliyent-server, ham piring tipidagi tarmoq
birlashmasidan iborat.
3.LHTning tarkibiy qismlari.
LHT bir nechta standart komponentalardan tuzilgan.
Kabel aloqa tizimi. LHTlar telefon tarmog’idan foydalanishmaydi. Ular o’z
aloqa kanaliga(simli yoki simsiz) ega bo’lishlari kerak. Simli kanallar buralma-
juftli, koaksial kabel va optik tolali kabellardan iborat bo’lishi mukin. Simsiz
tamoqda aloqa infraqizil yoki radioto’lqinlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Interfeys(tarmoq) kartalariga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlar. Har bir
tarmoqqa ulangan kompyuter ma’lumot almashinish uchun kengaytiruvchi slotga
ulangan tarmoq adapteriga ega bo’lishi kerak. Bunday karta alohida qurilmada
bo’lishi va bir nechta qurilmaga xizmat ko’rsatishii mumkin.
Tarmoq operatsion sistemasi. TOS tarmoqni boshqarib turish va ko’p
foydalanuvchi (multiuser), ko’p topshiriqli(multitasking) bo’lishi kerak. Tarmoq
turiga qarab u faqat server, yoki har bir kompyuterda yoki ikkalasida ham
52