Page 78 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
        P. 78
     Resurslarni  taqsimlanishi  to‘g‘risida  barcha  ma’lumotlarga  ega  bo‘ladi  va
                  hamma  foydalanuvchilar  tomonidan  tarmoqdan  to‘g‘ri  foydalanishligini  nazorat
                  qiladi.  Agar  tarmoq  katta  bo‘lsa,  bunda  bitta  tarmoq  administratori  bilan  endi
                  kifoyalanib  bo‘lmaydi,  katta  guruh  administratorlari  kerak  bo‘ladi,  ularni  tizimli
                  administrator  boshqarishi  kerak.  Tarmoqni  o‘rnatib,  ishga  tushgandan  keyin  bu
                  masalalarni еchishgа ancha kech bo‘ladi.
                        Faqat  shulardan  keyin,  tanlangan  dasturiy  ta’minotni  o‘rnatishga  o‘tish
                  mumkin,  albatta  agar  bunday  o‘rnatish  kerak  bo‘lsa.  Aytib  o‘tish  joizki,  ko‘p
                  hollarda  dasturiy  vositalarni  bevosita  o‘rnatishni  maxsuslashtirilgan  kompyuter
                  firmalar  ishchilari  shug‘ullanishadi.  Ammo  muayan  korxonaga  nima  kerakligi
                  to‘grisidagi  qarorni  qabul  qilishni  har  holda  bu  tarmoq  bilan  keyinchalik  kim
                  ishlaydiganlar hal qilishi kerak.
                        Tarmoqni  o‘rnatgandan  keyin  uning  konfiguratsiyasini  (tashqi  ko‘rinishini)
                  o‘tkazish kerak,  ya’ni tarmoqning mantiqiy joylanishiga e’tiborni qaratish kerak,
                  uning  muayyan  sharoitda  ishlashini  sozlash  kerak.  Bu  tarmoqning  tizim
                  administratori burchlariga kiradi, keyinchalik u tarmoq ishlashini nazorat qiladi va
                  uni boshqaradi:
                         foydalanuvchilarni va har xil vazifali foydalanuvchilar guruhini tuzish;
                         foydalanuvchilarni kirish huquqlarini aniqlash;
                          yangi  foydalanuvchilarni  o‘qitish  va  foydalanuvchilarga  kerak  bo‘lganda
                  operativ yordam o‘rsatish;
                                                                77
     	
