Page 79 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 79
shu tarmoqning barcha serverlar diskli hududini nazorat qilish;
himoyalash va ma’lumotlar nusxasini zahiralash, kompyuter viruslariga
qarshi kurashish;
dasturiy ta’minotni va tarmoqdagi apparaturalarni modernizatsiya qilish;
maksimal unumdorligiga erishish uchun tarmoqni sozlash.
Tizim administratori, odatda, hamma tarmoq resurslarga va tarmoqning
xizmat dastrularigi kirishga maksimum huquqlarga ega bo‘ladi. Tarmoqning
boshqa foydalanuvchilari ideal holatda, tarmoqni sezishlari kerak emas: fayl-
serverlarda, yangi printerlarda, skanerlarda, modellarda, yangi dasturlarda
tarmoqga maxsus yo‘naltirilgan уlardа yangi disklar paydo bo‘lishi kerak, masalan,
elektron pochta.
Tashkil qilinayotgan foydalanuvchilar guruhi bir muammo yoki yaqin
muammolar bilan shug‘ullanayotgan korxona xodimlarining (real) haqiqiy
guruhlari bilan imkoniyati boricha to‘g‘ri kelishi kerak. Har bir guruhga tizim
adminsitratori tarmoq resurslarga o‘zining kirish huquqlarni o‘rnatishi mumkin.
Har bir foydalanuvchiga alohida huquqlarni belgilamasdan, qulayrog‘i ma’lum bir
xuquqli guruh tuzib, so‘ng unga kerakli foydalanuvchilarni kiritsh kerak. Bunda
foydalanuvchini xuquqlarini o‘zgarishi kerak bo‘lsa boshqa guruhga o‘tkazish
bilan kifoyalansa bo‘ladi. Yaxshi bo‘lardi, Agar har bir guruhni boshqaradigan
o‘zini tarmoq administratori bo‘lsa (albatta, Agar guruhlar yetarli katta bo‘lsa).
Miсоl uchun OC Windows NT tarmog‘i to‘rt turdagi guruhlar tuzishga imkon
yaratadi:
Lokal guruhlar, ya’ni lokal kompyuterida ro‘yxatdan o‘tadiganlar;
global guruhlar, ya’ni domenni (RDS) bosh kontrollerda ro‘yxatdan
o‘tadiganlar;
maxsus guruhlar (tizim ichidagi muxtojlar uchun ishlatiladigan)
kiritligan guruhlar, ular uch kategoriyaga bo‘linadi: administratorlar,
operatorlar va boshqa foydalanuvchilar.
78