Page 76 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 76

qancha vaqtda ushlab turishini (Bu vaqt bir neche minutdan bir necha soatgacha

                  bo‘lishi  mumkin).  Bu  qurilma  ancha  qimmat  (bir  necha  ming  dollargacha).

                  Shuning  uchun  bitta  uzluksiz  tok  berish  manbai  ikki-uch  Serverga  ishlatish

                  maqsadga muvofiqdir. Kichik quvvatli UPS lar ancha arzon turadi, quvvati 300-

                  600 Vt bo‘lganlar – 100 dollardan kamrroq, va ishchi stansiyalar uchun ishlatilsa

                  bo‘ladi. Aksi bo‘lganda ham to‘g‘ri. Har qanday holatda ham jixozlarning barcha

                  komponentlari maksimal darajada bir biroviga to‘g‘ri kelishi kerak.

                        Afsuski,  tarmoqni  loyihalash  jarayonida  eng  avval  qaysi  muammolarni  hal


                  etish  kerakligi  va  qaysilarini  eng  oxirigacha  qoldirish  kerakligini  ajratib  olish
                  mutlaqo  mumkin  emas.  Dasturiy  vositalarni  tanlashni  qandaydir  ikkilаmchi  deb


                  hisoblab, tarmoqning tuzilishiga va o‘lchamlariga kerakli jixozlarning tavsiflariga
                  mutlaqo  ta’sir  ko‘rsatmaydi  deb  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  qanday  dasturiy


                  vositalarni  ishlatish  kerakligi  yoki  qaysi  sinfga  ular  tegishligini  loyihalashning

                  boshlanishida hal etilishi kerak.

                        Tarmoqni dasturiy ta’minotini tanlashda quyidagi omillarni birinchi navbatda

                  hisobga olish kerak:


                         qaysi tarmoqni u ushlab turadi: bir pog‘onali tarmoq, serverga asoslangan

                  tarmoq yoki shu ikki turini


                         foydalanuvchilarni qaysi maksimal soniga mo‘ljallangan (yaxshisi 20% kam

                  bo‘lmagan zahira bilan olish kerak).


                          serverlar sonini qanchasini kiritish mumkin va serverlarni qanday turi

                  mumkin;


                          har  xil  operatsion  tizimlari  va  har  xil  kompyuterlari,  shuningdek  boshqa

                  tarmoqli vositalari bilan ishlash qobilligi;


                         har xil rejimda ishlaganda dasturiy vositalarni unumdorlik darajasi qanday;


                          ishоnchli ishlash darajasi qanday, kirishga ruxsat etilgan rejimlari va

                  ma’lumotlarni himoyalash darajasi qanday;


                         va barkim asosiydir – dasturiy ta’minotining narxi qancha.



                                                                75
   71   72   73   74   75   76   77   78   79   80   81