Page 71 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 71
ta’sirlariga chidamli qobuqli kabellar yerak bo‘ladi. Bir birovidan uzoqroqda
joylashgan yuinolarning imkoni boricha birlashtirish uchun yer osti kollektorlari
ishlatilishi Kerak. Lekin bunda namlik ta’siridan kabellarni himoyalash choralari
ko‘rilishi kerak.
Kabellarni burilishi radiuslari juda kichik bo‘lmasligi kerak (aynan bu
koaksial va optotolali kabellar uchun muhim), chunki bu izolyatsiyani buzilishiga
va markaziy jilani uzilishiga olib keladi. Shu sababli mahkamlaydigan elementlar
kabelni qattiq qisib tashlamasligi kerak. Ma’lumki, yuqoridagi qoidalarni
buzushlar tarmoq ishga tushgandan keyin aloqani to‘liq tugallanishigi olib kelgan.
Barcha kabellar uchlarini birlashtirish uchun maxsus taqsimlovchi o‘tilar
(shkaflar) ko‘p ishlatiladi, ularga kirish cheklangan bo‘lishi kerak. Albatta,
ularning qo‘llanilishi o‘zini oqlash mumkin shundaki, agar kabellar juda ko‘p (bir
necha o‘nlar) bo‘lsa, taqsimlovchi qutilarni konsentratorlar, kommutatorlar yoki
marshurutizatorlar yonida yonida joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Agar ishchi stansiyalarga kompyuterlarni tanlash imkoniyati bo‘lsa, Bunda
disksiz ishchi stansiyalarni qo‘llashni maqsadga muvofiqligini taxlil qilishga
arziydi (tarmoq orqali operatsion tizimni yuklash bilan). Bu tezda butun tarmoq
narxini pasaytiradi yoki o‘sha xarajatlarga ancha sifatli kompyuterlarni sotib
olishga imkon yaratadi: tez protsessorlilarni, yaxshi monitorlilarni va katta operativ
xotiralilarni. To‘g‘ri, bugungi kunda disksiz kompyuterlarga orqa qimlish masalani
eng yaxshi hal etish hisoblanmaydi. Axir bu holatda, barchi axborotni kompyuter
tarmoq orqali oladi va tarmoqga uzatadi bu esa tarmoqni xaddan tashqari
yuklanishiga olib keladi.
Disksiz ishchi stansiyalarga yo‘l qo‘yilishi mumkin faqat juda kichik
tarmoqlarda (10-20 kompyuterlardan oshmaganda). Ideal holatda barcha axboraviy
oqimlarning (80% kam bo‘lmagan) ko‘p qismi kompyuter ichida qolishi kerak,
tarmoq resurslarga esa haqiqatdan ham faqat zaruriyat tug‘ilganda murojat qilish
kerak bo‘ladi, ya’ni yuqorida eslatilgan “qoida 80/20” bu holatda ham ishlaydi.
Yumshoq disklarni ishlatishdan voz kechganda tarmoqning har bir
kompyuterida viruslarga ham va ma’lumotlarga kirishni ruxsat etilmaganligiga
70