Page 69 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 69
qiyinlashiga ham kuchli ta’sir qiladi. Shuningdek, u talab qilinadigan dasturiy
vositalarni narxini belgilaydi. Shuning uchun bunda xatoga yo‘l qo‘yish jiddiy
oqibatlarga olib keladi.
Kompyuterlar soniga qaraganda, Tarmoqning aloqa liniyalarini talab
qilinadigan uzunligi tarmoqning loyihalashda roli uncha kam emas, balki rol
o‘ynaydi. Masalan, agar masofalar juda katta bo‘lsa. Juda qimmat yoki noyob
jixozlar kerak bo‘lishi mumkin. Buning ustiga masofa oshgan sari tashqi
elektromagnit halaqit qiluvchilardan aloqa liniyalarni himoyalash zarurligi keskin
oshib ketadi. Tarmoqda Axborotni uzatish tezligi ham (Ethernet va Fast Erhernet
orasida tanlash) masofaga bog‘liq. Masofani tanlashda ko‘zdа tutilmagan
sharoitlarni hisobga olish uchun uncha katta bo‘lmagan zahirani tashlab ketish
maqsadga muvofiqdir. Shuni ta’kidlash kerakki, uzunligi bo‘yicha cheklanishni
yengib o‘tish ba’zan tarmoqning tuzilishini tanlash yo‘li bilan, alohida qismlarga
uni bo‘lish mumkin.
Tarmoq tuzilishi dеgаndа tarmoqni qismlarga bo‘lish usuli (segmentlarga),
shuningdek, bu segmentlarni o‘zaro bog‘lаnishi tushuniladi. Korxona tarmog‘i ishchi
kompyuterlar guruhini, bo‘limlar tarmoqlarini, tayanchli tarmoqlarni, boshqa
tarmoqlar bilan aloqa vositalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Tarmoqning qismlarini
birlashtirish uchun repiterlar, repiterli konsentratorlar, kommutatorlar, ko‘priklar va
marshutizatorlardan foydalanishi mumkin. Shu bilan birga ko‘p holatlarda bu
birlashtirilgan jihozlarning narxi kompyuterlar, tarmoqli adapterlar va kabellar
kompyuterlar narxidan oshib ketishi ham mumkin. Shuning uchun tarmoqning
tuzilishini tanlash juda muhimdir.
Ideal holatda tarmoq tuzilishi binoan yoki korxonani binolar tuzilish
kompleksiga to‘g‘ri kelishi kerak.
Bir masala bilan shug‘ullanadigan xodimlar guruhining ish joylari, (masalan,
buxgalteriya, sotuv bo‘limi muhandislar guruhi) bir xonada joylanishi kerak, yoki
yaqin joylashgan xonalarda. Bun bu xodimlarning hamma kompyuterlarini bir
segmentga, bir ishchi guruhigа birlashtirsa bo‘ladi va ularning xonalari yoniga bir
Server o‘rnatiladi shuningdek ularning kompyuterlarini bog‘laydigan konsentrator
yoki komutator o‘rnatiladi. Huddi shunga o‘xshab yaqin masalalar kompleksi bilan
68