Page 67 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 67
talablarni hisobga olish amalda mumkin emas va bironta narsani loyihalash
bo‘yicha barcha eng batafsil yozilgan qo‘llanmalar uncha katta qiymatga ega emas.
Lekin lokal kompyuter tarmoqlarni loyihalashga eng umumiy masalalarni
baribir ifоdаlаsh mumkin, bunday loyihalashni ba’zi foydali prinsiplari taklif
qilinishi va unumli ishlatilishi mumkin. Faqat ularni har qanday amaliy holatlar
uchun mumkinligini va barcha bo‘lajak holatlar uchun yetarli deb qabul qilish
kerak emas.
Qandaydir tashkilot uchun yangi tarmoqni o‘rnatganda quyidagi omillarni
hisobga olish mumkin bo‘ladi:
Kerakli tarmoq o‘lchamlari (yaqin kelajakka va arognoz bo‘yicha uzoq
kelajakka).
Talab qilinadigan tarkibi, iyerarxiya va tarmoqlarni asosiy qismlari
(korxonani bo‘limlari bo‘yicha, shuningdek xonalar, qavatlar va korxona binolari
bo‘yicha).
Asosiy yo‘nalishlari va axborotli oqimning intensivligi (yaqin va uzoq
kelajakda).
Jihozlarning texnik tavsiflari (kompyuterlar, adapterlar, kabellar, repiterlar,
konsentratorlar, komutatorlar) va ularning narxi.
Xonalarda va ular orasida kabel tizimlarni joylashtirish, shuningdek kabelni
butunligini ta’minot choralari.
Tarmoqga xizmat qilshni ta’minot va uning buzilmasdan ishlashini va
xavfsizligini nazorat qilish.
Tarmoqning ruxsat etilgan o‘lchamlari, tezligi, egiluvchanligi, kirish
huquqlarni chеgараlаsh, narxi, axborot almashinuvini nazorat qilish imkoniyatlari
va x.k. bo‘yicha talablar.
Global tarmoqlarga yoki boshqa lokal tarmoqlarga ulashning zarurligi.
Yuqorida sanab o‘tilgan hali yana qo‘shilmagan omillar ma’lum bo‘lsa,
tarmoqsiz ham ishlarni olib borish mumkindir, chunki apparatura katta xarajatlarni
va dasturiy ta’minotni, o‘rnatishni, tarmoqni ekspluatatsiya qilishni, xizmat
qiladigan korxonaga ish haqi to‘lashni, tarmoqni ishlash darajasida ushlab turishni
va ta’mirlashni va h.k talab qiladi. Masalan, Agar bir nechta foydalanuvchilar
66