Page 63 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 63
ishlatiladi, u bir nechta yulduzlar kombinatsiyasidan iborat. Yulduzga o‘xshash
daraxt aktiv, yoki haqiqiy, passiv bo‘lishi mumkin. Aktiv daraxtga bir nechta aloqa
liniyalari birlashtirilgan markazlarda markaziy kompyuterlar joylashgan, passilida
esa konsentratorlar (Xablar).
Kombinatsiyali topologiyalar ham ancha ko‘p ishlatiladi, ular orasida eng
ko‘p tarqalgan yulduz-shinali va yulduz-halqalilaridir.
Yulduz-shinali topologiyada (star-bus) shina va passiv yulduzlar
kombinatsiyasi ishlatiladi. Bunda konsentratorga alohida kompyuterlar ham, va
butun shinali segmentlar ham ulanadilar, ya’ni tarmoqdаgi barcha kompyuterlar
kiritilgan fizik topologiya amalga oshiriladi. Bu topologiyada bir nechta
konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin, ular bir biroviga ulanib magistrali,
tayanchli deb nomlangan shinani tashkil qiladi. Konsentratorlarning har biriga
alohida kompyuterli yoki shinali segmentlar ulanadi. Shunday qilib, foydalanuvchi
o‘ziga qulay qilib shinali va yulduzli topologiyalarni avzalliklarini kombinatsiya
qilish imkoniyatlaridan foydalaniladi, shuningdek tarmoqga ulangan kompyuterlar
sonini oson o‘zgartiradi.
Yulduz-halqali topologiya holatida kompyuterlarni o‘zi birlashmaydi, balki
maxsus konsentratorlar, ularga o‘z navbatida, yulduz shaklli ikkitali aloqa
liniyalari yordamida kompyuterlar ulanadi. Haqiqatda, tarmoqning hamma
kompyuterlari berk halqaga ulanadi, chunki konsentratorlar ichidagi barcha aloqa
62