Page 62 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 62
esa kеyinrоq. Topologiyani huddi shunday xususiyatlariga ko‘ra, “halqaga”
maxsus hisoblangan tarmoqdagi almashuvni boshqarish usullarda keyingi uzatish
huquqi (yoki, yana aytilishicha, tarmoqni qurshab olish) keyingi halqadagi
kompyuterga ketma – ket o‘tadi.
Yangi abonentlarni “Halqaga” ulash mutloqo beziyon, lekin ulanish vaqtida
butun tarmoqni ishlashini to‘xtatish talab qilinаdi. “Shina” topologiyali holatga
o‘xshab halqadagi eng ko‘p abonentlar soni ancha muncha bo‘lishi mumkin
(minggacha va undan ko‘proq). Halqali topologiya oshiqcha yuklanishlarga eng
mustахkаm, u uzatiladigan tarmoq bo‘yicha axborotlarni eng katta oqimlari bilan
ishonchli ishlashni ta’minlaydi, chunki unda janjallar yo‘q (shinaga qaraganda),
shuningdek markaziy abonent yo‘q (yulduzga qaraganda).
Halqadagi signal tarmoqdagi hamma kompyuterlardan o‘tgani sababli, lokal
ulardan bittasini ishdan chiqishi (yoki uning tarmoq-dagi asbob-uskunalarini)
yaxlit butun tarmoqni ishdan chiqaradi.
Huddi shunga o‘xshab halqadagi har qaysi kabellarni uzilib qolishi yoki qisqa
tutashuvi butun tarmoqni ishdan chiqaradi.
Kabelni buzilishlariga halqa ko‘proq shikastlanadigan bo‘ladi, shuning uchun
bu texnologiyada ikkita (yoki ko‘proq) parallel aloqa liniyalari qo‘yib borishni
ko‘zda tutiladi. Shunda ularning bittasi zahirada turadi.
Shu bilan bir vaqtda halqani katta ustunligi shundaki, har bir abonent
tomonidan signallarni retranslyatsiya qilish butun tarmoq o‘lchamlarini sezilarli
ko‘paytirishga yordam beradi (gohida bir necha o‘n kilometrgacha). Halqa bu
tomonidan boshqa har bir texnologiyalardan ko‘proq (sezilarli) ustunlik qiladi.
Halqani kamchiliklaridan (yulduzga taqqoslanganida) shuni hisoblash
kerakki, tarmoqdаgi har bir kompyuterga ikkita kabel olib kelinishi kerak.
Ba’zan “Halqa” topologiyasi axborotni qarama-qarshi yo‘nalishlarida
uzatilishini ikkita halqali aloqa liniyalari asosida bajariladi. Masalani bunday hal
etilishi – axborotni uzatish tezligini (ideal holatda ikki marotaba) оshirilishi.
Kabelni bittasi buzilganda tarmoq boshqa kabel bilan ishlashi mumkin (to‘g‘ri,
cheklangan tezlik kamayadi). Yuqorida ko‘rilgan uchta asosiy, bazaviy
topologiyalardan tashqari, qo‘shimcha yana “daraxt” (tree) tarmoqli topologiya
61