Page 61 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 61

qilmasdan, o‘zi qatnashmasa ham, almashuv boshqarishini bajara oladi. Yulduzning

                  (ham aktiv va ham passiv) katta ustunligi shundaki, hamma ulanadigan nuqtalar bir

                  joyda  yig‘ilgan.  Bu  tarmoq  ishini  oson  nazorat  qilishga,  markazdan  u  yoki  bu

                  abonentlarni oddiy uchirish yo‘li bilan nosozliklarni lokalizatsiya qilish (masalan, shina

                  holatda bajarib bo‘lmaydi), shuningdek tarmoq uchun xayotiy muhim bo‘lgan ulanish

                  nuqtalariga begona shaxslar kirishini cheklab qo‘yish. yulduz holatida xar bir atrofdagi

                  abonentga bitta kabel kelishi xam mumkin (unda uzatish ikki tomonlama ketadi), va

                  ikkita xam (Ularning har biri-bir tomonga uzatadi),  buning ustiga  ikkinchi  holat

                  ko‘proq uchraydi.

                        “Yulduz”  turidagi  barcha  topologiyalarning  umumiy  kamchiligi  boshqa

                  topologiyalarga  qaraganda  juda  katta  kabel  sariflanishi.  Masalan,  Agar

                  kompyuterlar  bir  chiziqda  joylansa,  “yulduz”  topologiyasi  tanlanganda  “Shina”

                  topologiyasiga qaraganda bir  necha  martta  ko‘p  kabel  talab  qilinadi.  Bu hamma

                  butun tarmoqning narxiga sezilarli ta’sir Ko‘rsatishi mumkin.

                        “Halqa”  –  bu  topologiya,  bunda  har  bir  kompyuter  faqat  ikkita  boshqalari

                  bilan aloqa liniyalari Bilan ulangan: Faqat u biridan axborot oladi, ikkinchisiga esa

                  – faqat uzatadi.

                        Har  bir  aloqa  liniyasida,  yulduz  holatiga  o‘xshab,  faqat  bitta  (peredatchik)

                  uzatuvchi  va  bitta  (priyomnik)  qabul  qiluvchi  ishlaydi.  Bu  tashqi  terminallarni

                  qo‘llashdan ozod qiladi.

                        Halqani  muhim  xususiyati  shundaki,  har  bir  kompyuter  unga  keladigan

                  signalni  tiklaydi,  yani  repiter  rolini  o‘ynaydi,  shuning  uchun  halqaning  hamma

                  joyida  signalni  so‘nishi  hech  qanday  ahamiyati  yo‘q,  muhimi  faqat  halqaning

                  qo‘shni kompyuterlar orasidagi so‘nishi. Bu holatda аniq ajratilgan markaz yo‘q,

                  hamma kompyuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ammo, ko‘pincha halqada maxsus

                  abonent  ajratiladi,  u  almashuvni  boshqaradi  yoki  nazorat  qiladi.  Tushunarliki,

                  bunday boshqaradigan abonentni borligi tarmoq ishonchliligini pasaytiradi, chunki

                  uning ishdan chiqishi tezda barcha almashuvni falaj qilib qo‘yadi.

                        Qa’tiyat  bilan  аytgаndа,  halqadagi  kompyuterlar  to‘liq  teng  huquqli  emas

                  (masalan,  shinali  topologiyaga  qaraganda).  Ulardan  birlari  kompyuterdan,  shu

                  momentda uzatishni olib borayotgan, albatta axborotni oladi, oldinroq, boshqalar


                                                                60
   56   57   58   59   60   61   62   63   64   65   66