Page 34 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 34

Xlorofillmetr  SPAD-502  va  Green  Seeker  uskunalarning  narhi  nisbatan
                  qimmat.  Foydalanish  uchun  ularni  fermerlar  uyushmalari,  MTP  yoki  fermerlar
                  guruhi sotib olishi mumkin.
                         CropSist  modeli  g‘o‘za  va  kuzgi  bug‘doyda  rostlandi  va  sinaldi.  Xorazm
                  viloyati va o‘hshashli sharoitlarda foydalanish mumkin.

                  Nazorat savollari
                  1. Serling usulining mohiyati nimadan iborat?
                  2.Nitrat, fosfor va kaliyni aniqlash uchun qanday reaktivlarlardan foydalaniladi?



                          7-Mavzu: MINERAL O’G’IT TURLARINI SIFAT REAKSIYALARI
                                                YORDAMIDA ANIQLASH
                        Mashg’ulotning  maqsadi:  Sifat  reaksiyasi  yordamida  mineral  o’g’itlarni
                  aniqlashdan iborat.
                        Kerakli  jihozlar,  reaktivlar  va  asbob  uskunalar:  O’g’it  namunalari,
                  probirkalar, distillangan suv, Turli o’g’itlardan namunalar, distillangan suv, bariy
                  xlorid 2-5% li eritmasi, ishqor  eritmasi 8-10% li, xlorid kislota 1% li eritmasi yoki
                  1:10 nisatdagi sirka essensiyasi, Ko’mir cho’g’i, kumush nitrat 1-2% li eritmasi.
                        Xo’jaliklarda mineral o’g’itlarni noto’g’ri saqlash oqibatida ularning tarkibi
                  o’zgarishi  hollari  ham  uchraydi.  Shuning  uchun  ularni  qo’llashdan  oldin  sifatini
                  tekshirib, so’ng meyorini  belgilash kerak.
                        Sifat reaksiyasini aniqlash uchun probirka (biror kichkina shisha idishcha) suv
                  (distillangan) va ko’mir cho’g’i zarur.
                        Bulardan tashqari BaCl2, NaOH, AgNO3 reaktivlari ham kerak bo’ladi. Agar
                  o’g’it  tarkibida  Cl  bo’lsa,  kumush  nitrat  bilan  reaksiyaga  kirishadi  oq  cho’kma
                  hosil bo’ladi.
                        KCl+AgNO 3 = KNO 3+AgCl
                        Kumush  nitrat  fosforli  o’g’itlar  bilan  reaksiyaga  kirishganda  sariq  cho’kma
                  hosil bo’ladi:
                        K 3PO 4+3AgNO 3   =  Ag 3PO 4 + 3KNO 3
                        o’g’it  tarkibida  SO 4  bo’lsa,  u  BaCl 2  bilan  reaksiyaga  kirishib,  sutsimon
                  cho’kma hosil qiladi:
                        (NH 4) 2SO 4+BaCl 2=BaSO 4+2NH 4Cl
                        o’g’it  tarkibida  ammiak  bo’lsa,  u  ishqor  bilan  reaksiyaga  kirishib,  ammiak
                  ajratib chiqaradi(albatta, probirkani chayqatish kerak).
                        NH 4NO 3+NaOH=NaNO 3+(NH 4)OHNH 3+H 2O
                        Tajribani  boshlashdan  oldin  paketdagi  o’g’itning  yarmisini  yoki  taxminan
                  0,5-1,0 grammini probirkaga solib, ustiga 6-8 ml distillangan suv quyiladi.
                        Probirkani  yaxshilab  chayqatib  o’g’itning  erish  darajasi  aniqlanadi.  Odatda
                  o’g’itlar suvda yaxshi eriydigan, qisman eriydigan va erimaydigan bo’ladi. Agar
                  o’g’it suvda erisa hosil bo’lgan eritma uchta probirkaga bo’lib quyiladi va ularning
                  har qaysisiga 2-3 tomchidan BaCl 2, va AgNO 3 eritmalaridan ta’sir ettiriladi. Suvda
                  eriydigan o’g’itlarning quruq donasi, yuqorida qayd etilganidek, ko’mir cho’g’ida
   29   30   31   32   33   34   35   36   37   38   39