Page 29 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 29
Jumladan, xorijda ishlab chiqarilayotgan azotli o‘g‘itlar meyoriga tuzatish kiritish
pribori (SPAD-502), tuproq sho‘rlanishini tezkor aniqlash pribori (ES-metr),
o‘simliklarning azotli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini aniqlash (o‘g‘itlashda rangli
diagramma) qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlanishida aniq dehqonchilik yuritish
imkonlarni beradi.
Quyidagi uskunalar yordamida qishloq xo‘jaligi ekinlarda N-o‘g‘iti
meyorlarini tezkor aniqlash imkoniyati mavjud :
1
Rangli diagramma (LCC)
- Sodda uskuna -
- O‘simliklarga zarar yetkazmaydi
- Tezkor aniqlash
- Ishlatish oson
- Aniqligi pastrok
- Arzon (donasi 1 US$)
Xlorofillmetr SPAD-502
- Tezkor va oson o‘lchovlar
- Sensorga asoslangan
- Yuqori aniqlikda o‘lchaydi
- O‘simliklarga zarar yetkazmaydi
- Tezkor aniqlash
- Hosilni oldindan bashoratlash
Yashil izlovchi (Greenseeker)
- Tezkor va oson o‘lchovlar
- Sensorga asoslangan
- Yuqori aniqlikda o‘lchaydi
- O‘simliklarga zarar etkazmaydi
- Tezkor aniqlash
-Hosilni oldindan bashoratlash
15-rasm. O‘simliklar mineral oziqlanishini aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy
o‘lchov asboblari