Page 25 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 25
6-MAVZU: G’O’ZA OZIQLANISHINING KIMYOVIY TASHXISI
(V.V Serling- tezkor usuli)
O’SIMLIK VA TUPROQ NAMUNALARINI AGROKIMYOVIY TAHLIL
ISHLARINI ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALARDA ANIQLASH
O’simliklar oziq elementlarni mineral tuzlarining ionlari ko’rinishida tuproq
eritmasidan va tuproqning almashtirish-yutish jarayonlari orqali o’zlashtiradi.
-
+
O’simliklarga kiradigan nitratli azot (NO 3 ) tezda qaytarilib, NH 4 ga
aylanadi, ammiak azoti esa darxol azotli organik birikmalar sintezi uchun
foydalaniladi. O’simlik azot bilan ortiq darajada ta’minlangandagina uning yer
ustki organlarda ko’proq miqdorda nitratlar to’planishi mumkin. Ildizlar orqali
yutilgan fosfor (N 2P0 4 holda) organik birikmalar tarkibiga tez kiradi va o’simlik
ko’p oziqlantirilgandagina uning to’qimalarida mineral holida to’plana boradi.
2+
O’simlik to’qimalaridagi boshqa mineral ionlarning (K ,Ca , Mg va boshqalar)
2+
+
konsentratsiyasidan tegishli oziq elementlari bilan o’simlik qanchalik
ta’minlanganligini ko’rsatadi.
Shuni ko’rsatib o’tish kerakki, o’simliklarda ba’zi elementlar birikmalarining
ortiqcha mikdorda bo’lishiga boshqa oziq elementlari yetishmasligi tufayli organik
birikmalar sintezi cheklanganligi, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun
boshqa qulay sharoitlar (yorug’lik yetarli bo’lmaganligi, past temperatura va
xokozolar) mavjud emasligi sabab bo’ladi.
O’simliklarning alohida organlaridagi oziq elementlari miqdori keskin farq
qiladi. Shuning uchun qishlok xo’jalik ekinlarini oziqlanishini ularning to’qimalari,
shiralari yoki kesiklarini kimyoviy tahlil qilish asosida diagnostika qilishda aniq,
belgilangan vegetatsiya davrlarida yoki fenofazalarda o’simliklarni "indikatorlar"
deb ataladigan ma’lum bir organlari yoki qismlaridan foydalaniladi.
O’simliklar oziqlanishining kimyoviy diagnostika qilishning (oziq
elementlarining anorganik birikmalari mikdorini aniqlash maqsadida o’simlik
shirasi, to’qimalari kesiklarini tahlil qilishning) ekspress-usullaridan foydalinish
qishlok xo’jalik ekinlarinng oziq moddalar bilan ta’minlanganlik darajasini
tezkorlik bilan va ularning yetishmovchiliklarini oldini olish uchun zarur tadbirlar
ko’rishga imkon beradi.
Kimyoviy diagnostika usulining mohiyati. O’simliklar shirasida nitratlar va
mineral xolatdagi fosfor va kaliy borligini aniqlash rangli reaksiyalarga asoslangan.
NO 3, H 2PO 4 va K ionlari ma’lum reaktivlar bilan rangli eritmalar yoki
-
-
+
cho’kmalar hosil qiladi. Kesikda hosil qilingan rang oldindan mavjud rangli
dog’lar shkalasi bilan solishtiriladi. Azot, fosfor va kaliyning mineral birikmalari
miqdori o’simlikning xo’l massasiga nisbatan ballar sistemasida xisoblanadi yoki
foizlarda ifodalanadi. Kesiklar tayyorlash uchun o’simlik rivojlanishining ma’lum
fazalarida uning indikator organlari olinadi. Azot , fosfor va kaliy mineral
birikmalarining indikator organlarida bo’la olish mumkin bo’lgan risoladagi
miqdorlarini V.V.Serling dala, sabzavot va meva o’simliklarida o’tkazgan ko’p
sonli tekshirishlarda aniqlab chiqqan. Tahlil uchun o’simlik na’munalari olish, dala
tajribalarida o’simliklarni kimiyaviy tahlil qilish maqsadida o’rtacha namuna
olishdagi kabi asbobga ilova qilingan maxsus instruksiyalarga muvofiq bajariladi.