Page 23 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 23

(barglarning  xlorozi)  ularning  tomirlaridan  va  unga  tutashgan  to’qimalardan
                  boshlanadi. Azot juda yetishmasa barglar va hosil elementlari to’kilib ketadi, hosili
                  tez  yetiladi  va  kamayib  ketadi.  Azot  tanqisligi  ba’zi  o’simliklarda  kuchliroq
                  boshqalarida esa kamroq namoyon bo’ladi.
                        O’simliklarda  fosfor  tanqisligi-  ular  o’sishining  sekinlashuvi,  barglarining
                  to’q xira yashil bo’lib, binafsha yoki havo rang tusda tovlanishi, barglarda qizgish,
                  qo’ng’ir  dog’lar  hosil  bo’lib  shu  joydan  to’qimalarning  qurib  qolishi  bilan
                  xarakterlanadi. Bunday belgilar dastlab ancha qarigan barglarda paydo bo’ladi va
                  asta - sekin o’simlik boylab yuqoriga tarqala boshlaydi. Bundan tashqari o’simlik
                  kech  gullaydi,  urug’lar  sifati  yomonlashadi.Tuproq  tarkibida  fosfor  yetishmasa,
                  g’o’za sust va nimjon o’sib, natijada hosil kam va sifatsiz bo’ladi. YA’ni bunda 15-
                  20% paxta hosili kamayadi, paxta tolasi qisqa va tez uzuluvchan bo’ladi. Fosfat
                  kislota  uglerod  alamashinuvi  jarayonida  muhim  rol  oynaydi.  Fosfor  tanqisligi
                  yomg’irli, sovuq havoda yanada kuchayadi.
                        O’simliklarda  kaliy  tanqisligi  -  asosan  qumli,  torfli,  qir  va  boshqa
                  tuproqlarda  kuzatiladi.  Asosiy  alomatlari  o’sishning  sekinlashuvida,  barg
                  chekkalarining      qurib     (kuyib)    qolishida,     barglarning      burishib    qolishi,
                  o’simliklarning  yotib  qolishida  namoyon  bo’ladi.  Bu  belgilar  odatda  kaliyni
                  intensiv iste’mol qilish davrida birinchi navbatda qarigan barglarda paydo bo’ladi.
                  Kaliy  hosil  to’plash  davrida  uning  o’sishi  va  modda  almashinuvi  uchun  kaliy
                  yetishmaganda  yaproqlarda  hosil  bo’ladigan  organik  moddalarning  o’sayotgan
                  ko’saklardagi xarakati juda sekinlashadi. Uglevodlar va boshqa organik moddalar
                  yaproqda sekin xarakat qilganda, tola va chigit past sifatli, mayda, chala yetilgan
                  ko’saklar hosil bo’ladi.
                        O’simliklarda  magniy  tanqisligi  -  asosan  qumli,  podzol  qizil  tuproqlarda
                  o’sgan  ekin  va  mevali  daraxtlarda  kuzatiladi.  O’simlikda  magniy  yetishmasa

                  o’simlik  o’sishdan  to’xtaydi.  Magniy  tanqisligining  xarakterli  belgilaridan      biri
                  barglarning      chekkalarida      va      tomirlari      orasidagi  rivojlanadigan  xlorozdir.
                  Bunda  tomirlar  va  ularga  tutashgan  to’qimalar  och  yashil  rangda  bo’ladi,
                  keyinchalik barglari sarg’ayib quriy boshlaydi.
                        O’simliklarda  kal’siy  yetishmasa  -  yosh  barglarning  uchi  oqarib  qoladi.
                  Ular  mayda  va  notekis  bo’ladi.  O’simliklarning  uchki  kurtagi  nobud  bo’la
                  boshlaydi.
                        O’simliklarda mikroelementlar tanqisligi.
                        Bor  -  tanqisligi  korbonatli  botqoqlashgan,  shuningdek  kislotali  tuproqlarda
                  kuzatiladi. Bor yetishmasa o’simlik o’sishdan to’xtaydi, o’suv nuqtasi qarib, qurib
                  qoladi. Meva hamda urug’lari kam bo’ladi yoki mutlaqo bo’lmaydi. Bor elementi
                  asosan  o’simlikning  gulida  ko’p  bo’ladi.  U  o’simlikning  gullash  vaqtida,  ya’ni
                  changlanishida  muxim  ahamiyatga  ega.Agar  o’simlikning  gullash  davrida  bor
                  elementi  yetishmasa e  o’simlikning  guli  to’kilib,  hosili  kamayadi.  Bulardan
                  tashqari,  bor  elementi  yetishmaganda  fotosintez  va  uglevodlar  hosil  bo’lish
                  jarayonlari buziladi.
                        Temir  -  yetishmasa  o’simlik  novdalari  uchidagi  yosh  barglarda  xloroz
                  kasalligi  paydo  bo’ladi,    keyinchalik  barg  to’qimalari  va  yosh  novdalar  nobud
   18   19   20   21   22   23   24   25   26   27   28