Page 22 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 22

va  biokimyoviy  jarayonlarniig  buzilishi  natijasida  o’simliklarning  tashqi
                  ko’rinishida  turlicha,  har  qaysi  elementlarning  o’ziga  xos  bo’lgan  o’zgarishlarni
                  keltirib chiqaradi.
                        Kerakli material va asbob-anjomlar. Azot, fosfor, kaliy, kalsiy,  magniy va
                  temir  juda  yetishmaganida  o’stirilgan  hamda  suvli  va  kumli  sharoitda  to’la  oziq
                  aralashmasi  berib  o’stirilgan  o’simliklar.  Rangli  rasmlar,  diapozitivlar,
                  o’simliklarning xarakterli ochiqish belgilari bor rasmlari va gerbariy namunalari,
                  rangli qalamlar, lupalar, chizg’ichlar.
                        Ishning  borishi.  Biometriya  o’tkaziladigan  va  vegetatsion  idishlarda  ayrim
                  oziq  elementlari  yetishmaydigan  muhitda  o’stirilgan  g’o’za  o’simligining  tashqi
                  belgilari  yozib  chiqiladi  (element  yetishmasligi  ko’rsatilmaydi).  Usimlikning
                  umumiy  holati,  o’sish  va  rivojlanishdagi  farqlar,  barglarining  ko’p-kamligi,
                  ularning rangi, shakli va boshqa morfologik belgilari jihatidan barcha zaruriy oziq
                  moddalar berib o’stirilgan o’simliklardan farqi qayd etiladi.
                        Jurnalga  rangli  qalamlar  bilan  g’o’za  o’simligining  rasmi  chiziladi  va
                  o’simlikka qaysi element yetishmasligi haqida xulosa yoziladi.
                        Tajribadaga  o’simliklarda  yetishmovchilik  sabablari  haqidagi  xulosaning
                  to’griligi,  kuzatish  natijalarini  asosiy  oziq  elementlari  yetishmasligining  quyida
                  bayon  qilingan  belgilari  bilan  va  mineral  yetishmovchilik  belgilarining  tasvirlari
                  hamda gerbariy namunalari bilan taqqoslab aniqlanadi (5-jadval).
                                                                                                      5-jadval

                     O’simlik                  Biometriya natijalari                  Barglar         Boshqa
                    o’stirilgan     O’simlikni        Bitta          Barglar           rangi,       morfologik
                      sharoit      ng o’rtacha  o’simlikdagi         uzunligi,     kasallanganlik     belgilari
                                    balandligi,      poya va       kengligi, sm.      belgilari
                                        sm.        barglar soni                       (xloroz)
                    To’liq oziq
                  aralashmasida
                         .
                    Oziqlanish                                                            -
                     buzilgan
                     sharoitda.


                            O’simliklarning tashqi belgilariga qarab ularning o’g’itga
                                                bo’lgan talabini aniqlash

                        Tuproq  tarkibida  oziq  elementlar  yetishmasligi  o’simlik  organizmida
                  fiziologik  jarayonlarning  buzilishiga  olib  keladi,  bu  esa  ularning  tashqi
                  ko’rinishida aks etadi.
                        O’simliklardagi azot tanqisligi quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: sekin
                  o’sish, bargi va gullarining kichkina bo’lishi, barglarida och yashil, sarg’ish yashil

                  tusdagi  (xloroz)  dog’larning  bo’lishidir.  O’simlikka  namlik  va  azot  bir  vaqtda
                  yetishmasa  barglar  kunduzi  so’lib  qoladi.  Xloroz  belgilari  dastlab  qarigan
                  barglarda,  so’ngra  esa  yosh  barglarda  ham  paydo  bo’ladi.  Azot  tanqisligi
   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26   27