Page 19 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 19
11-rasm. Fotoelektrokolorimetr (KFK-2) ning umumiy ko’rinishi:
1-Mikroampermetr; 2. Kyuveta bo’limi qopqog’i; 3. “Sezgirlik” dastaklari;
4.“Sezgirlik” sozlagichlari; 5. Kyuveta-siljigich; 6.Yorug’lik filtrlari siljigichi.
Kaliyni aniqlash. Kaliy yolqinli fotometrda aniqlanadi. Bu usul kaliy atomlari
elektron qavatlarining asitilen yoki propan-butan alangasida yorug’lik nuri
sochishini o’lchashga asoslangan.
Ishni bajarish tartibi. Kaliyni aniqlash uchun sig’imi 100 ml li o’lchov
kolbasidagi eritmadan 15 ml olinib penisillin shishasiga solinadi va yolqinli
fotometrdan o’tkaziladi. Fotometr ko’rsatgichi yozib olinadi.
12-rasm. Alangali fotometr
Kaliy miqdorini o’lchash uchun kalibrlangan egri chiziq chiziladi. Buning
uchun 1l hajmli kolbada 1,5826 KCl eritilib, belgisigacha distillangan suv bilan
to’ldiriladi. Bu eritmaning 1ml 1mg K 2O saqlaydi.1 dan 10 gacha belgilangan 100
ml li o’lchov kolbasiga 0; 0,1; 0,5; 1,0; 1,5; 2,0; 4,0; 6,0; 8,0; 10,0 ml standart
eritma solinadi. Belgisigacha distillangan suv bilan to’ldiriladi. Fotometrdan
o’tkazilib kalibrlangan grafik tuziladi.