Page 16 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 16
eritma tayyorlash uchun 1ml 20% qalay xlorid eritmasi 5 ml suyultirilgan sulfat
kislota bilan qo’shilib, 20 ml hajmga distillangan suv bilan yetkaziladi.
4. 0.1% li beta-dinitrofenolning suvdagi eritmasi
5. 0,1% li fenolftaleinning spirtli eritmasi
6. 10% li NaOH
7. 10% li HCl
O’simliklar oziqlanishida eng muhim ahamiyat kasb etuvchi elementlarga
azot, fosfor va kaliy kiradi. Ularning o’simlikdagi miqdorini aniqlash, o’simliklar
tomonidan olib chiqilishini o’rganish, fazalar boyicha ularga bo’lgan talabni
hisobga olgan holda mineral o’g’itlar qullash tadbirlarini ishlab chiqish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Bu maqsadda o’simlik namunalari ho’l usulda kuydiriladi.
Ho’l usulda kuydirishning afzalligi shundaki, bunda ayrim elementlar, jumladan
fosfor, kaliy, oltingugurt yo’qolishini oldi olinadi.
Ishni bajarish tartibi. Maydalangan o’simlik namunasidan 0,2 gr (aniqligi
0,0002 gr) analitik tarozida tortib olinadi. 50- 100 ml hajmli Keldal kolbasiga
solinadi. Kolbaga 5,5 ml konsentrlangan sulfat va xlorid kislota aralashmasidan
quyiladi. Aralashma 10:1 nisbatda tajriba oldidan tayyorlanadi. Kolba 30-60 minut
sovuq joyda saqlanadi. Dastlab 5-7 minut qo’ng’ir bo’tqasimon massa hosil
bo’lguncha past olovda qizdiriladi. So’ngra olov kuchaytirilib rangsizlanguncha
qizdirish davom ettiriladi. Qizdirish davomida kolba chayqatilib turiladi. Odatda
aralashma 15-25 minutda rangsizlanadi. Agar shu vaqt davomida eritma
rangsizlanmasa 1-2 tomchi xlorid kislota tomizilib, qizdirish davom ettiriladi.
Rangsizlangan, sovutilgan eritma 100 ml li o’lchov kolbasiga quyiladi. Keldal
kolbasi bir necha marta distillangan suv bilan chayilib kolbaga quyiladi va
belgisigacha distillangan suv bilan to’ldiriladi. Shu kolbadagi eritmadan azot,
fosfor, kaliy aniqlanadi.
Azotni aniqlash. Azotni aniqlash mikrokeldal apparatida ammiakni haydash
va yig’gich kolbada 0,02n sulfat kislota bilan biriktirib olish va uni titrlashga
asoslangan.
Azotni mikrokel’dal appparatida aniqlash uchun sig’imi 250 ml bo’lgan
konussimon kolbaga 0,02n sulfat kislotadan 20-25 ml solib unga 3-4 tomchi metil
qizili tomiziladi. Yig’gich kolba keldal apparati tagiga qoyiladi. Tekshirilayotgan