Page 20 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 20
Natija quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
.
.
.
a V 1 V 2 100
x = -----------------------;
.
.
H V 3 1000
bu yerda:
X - K 2O miqdori, g;
a - kalibrlangan grafikdagi K 2O miqdori, mg100 ml
V 1 - eritmaning umumiy hajmi, ml
V 2 - eritmaning hajmi, ml
V 3 - suyultirilgan eritma hajmi, ml
H - namuna massasi, g
1000 - 1 ml dagi K 2O miqdori
100 - foizga o’tkazish koeffisiyenti
Nazorat savollari
1.K. Ginzburg usuli nimaga asoslangan
2.O’simlik kuli qanday hosil qilinadi
3.Azot, fosfor va kaliyni aniqlashning asoiy maqsadi
4-Mavzu: G’O’ZA UCHUN BELGILANGAN O’G’IT MEYORIGA
AGROKIMYOVIY XARITANOMA MA’LUMOTLARI ASOSIDA
TUZATISHLAR KIRITISH
O’g’itlar sistemasida ko’zda tutilgan yoki tajribalar yoxud normativ
ma’lumotlar asosida tavsiya qilinayotgan o’rtacha o’g’itlash meyoriga xo’jalik
dalasi tuprog’ini agrokimyoviy kuzatishlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida
o’zgarishlar kiritilishi kerak.
Tahlilning mohiyati. Agrokimyo xaritanomasi boyicha almashlab ekish har
bir dala tuprog’ining sinfi belgilab chiqiladi (harakatchan formadagi oziq moddalar
miqdori boyicha qabul qilingan klassifikatsiyaga muvofiq) va har xil qishloq
xo’jalik ekinlari uchun zonal agrokimyo tashkilotlari tomonidan ishlab
chiqariladigan tuzatish koeffitsentlaridan foydalanib qabul qilingan o’rtacha
o’g’itlar meyoriga o’zgartirishlar kiritiladi.
Kerakli material va asbob-jihozlar: Almashlab ekish dalalari boyicha
ekinlarni joylashtirish loyihasi. Xo’jalik yerlaridagi harakatchan oziq moddalar
miqdorini ko’rsatuvchi agrokimyoviy xaritanoma. Almashlab ekishda o’g’itlar
sistemasi yoki ayrim ekinlarga tavsiya qilinayotgan o’rtacha o’g’itlar meyori.
Tuproq sinflari jadvali va xo’jalik joylashgan maydoniga to’g’ri keladigan o’rtacha
o’g’itlar meyoriga kiritiladigan tuzatgich koeffitsentlari.
Ishning borishi. Kelasi yilda ekiladigan ekinlarning joylashtirilish rejasiga
qarab tuproqning sinfi va agrokimyo xaritanomasi ma’lumotiga muvofiq xo’jalikda
joriy qilingan almashlab ekishning har qaysi ishlanadigan maydon uchun
o’stiriladigan ekinlarning oziq elementlar bilan ta’minlanish darajasi belgilanadi.