Page 18 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 18

Tajriba natijasini hisoblash uchun standart eritmalar shkalasi tayyorlanadi va
                  optik  zichligi  aniqlangandan  so’ng    kalibrlangan  grafik  tuziladi.  Buning  uchun
                  sig’imi  100  ml  li  o’lchov  kolbasi  1  dan  10  gacha  raqam  bilan  belgilanadi.  №1
                  kolbaga 5 ml; №2 10 ml; №3 kolbaga-15 ml; №4-20 ml; №5-25 ml; №6 30 ml;
                  №7  35  ml;  №8-40  ml;  №9-45  ml;  №10-50    ml  standart  eritma  solinadi.  1  ml
                  standart  eritma  0,002  mg  P 2O 5  saqlashi  e’tiborga  olinsa,  kolbalarda  tegishlicha
                  0,01; 0,02; 0,03; 0,04; 0,05; 0,06; 0,07; 0,08; 0,09; 0,1 mg P 2O 5 bo’ladi. Har bir
                  kolbaga  60-70  ml  gacha  suv,  so’ng  10  ml    suyultirilgan  sulfat  kislota  10  ml
                  kislotali muhitdagi ammoniy molibdat eritmasi hamda 0,5 ml qalay xlorid eritmasi
                  qo’shiladi  va  belgisigacha  suv  quyilib  kalorimetrlanadi.  Eritmalarning  optik

                  zichligi o’lchangach, millimetrli qog’ozda kalibrlangan chiziq chiziladi.

                          O’simliklar tarkibidagi fosfor miqdorini aniqlash uchun kalibrlangan

                                                             grafik




















                        100 ml eritmada mg xisobida P 2O 5  miqdori
                        100  ml  tekshirilayotgan  eritma  tarkibidagi  P 2O 5  ning  mg  dagi  miqdori
                  kalibrlangan grafikdan topiladi, o’simlik tarkibidagi umumiy fosfor miqdori  ushbu
                  formula bilan aniqlanadi.

                               .
                                        .
                                   .
                               a  V 2  V 4  100
                        X = ----------------------
                               .
                                    .
                               H   V 1  V 3

                        bu yerda:
                        X  =  P 2O 5 miqdori, %;
                        a  = P 2O 5 ning kalibrlangan grafikdagi miqdori, mg-100 ml da
                        V 1 =  kul hosil qilingan kolbadagi eritma hajmi, 100ml
                        V 2 =  suyultirish uchun olingan eritma hajmi, 20 ml
                        V 3  = suyultirilgan eritmaning umumiy hajmi, 100 ml
                        V 4  = suyultirilgan eritmadan olingan eritma hajmi, 10 ml
   13   14   15   16   17   18   19   20   21   22   23