Page 21 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 21
O’rtacha o’g’itlash meyori kiritiladigan tuzatish koeffitsentidan foydalanib,
tuproqdagi harakatchan oziq moddalar miqdori aniqlanadi va shu asosida har bir
aniq maydon uchun zarur miqdordagi o’g’itlash meyori belgilanadi. Ma’lumotlar
quyidagi jadval asosida yoziladi (3-jadval)
3-jadval
Bo’lim Almashlab Joylashtiriladi O’rtacha o’g’itlash Tuproqdagi
(brigada ekish va gan ekin meyori,ta’sir xarakatchan oziq
nomeri) dala etuvchi modda moddalar miqdori
belgisi* hisobida, kg/ga 100 g tuproqda mg
N P 2O 5 K2O N P 2O 5 K2O
* Almashlab ekishda belgi lotin raqami bilan, dala belgisi arab raqami
bilan ko’rsatiladi.
** Azot bilan ta’minlanganlik tuproq tarkibidagi mineral holdagi oson
gidrolizlanadigan azot va tuproqning nitrifikatsiya xususiyati haqidagi ma’lumotlar
asosida aniqlanadi.
4-jadval
Qabul qilingan O’rtacha o’g’itlash meyoriga Tegishli o’g’it meyori,
klassifikatsiyaga muvofiq kiritiladigan tuzatish ta’sir etuvchi modda
tuproq sinfi koeffitsientlari hisobida, kg/ga
N P 2O 5 K 2O N P 2O 5 K 2O N P 2O 5 K 2O
Nazorat savollari
1.Agrokimyoviy xoritanomalar nima maqsadda tuziladi?
2.O’rtacha o’g’itlar meyori qanday belgilanadi?
5-Mavzu: G’O’ZADA OZIQ ELEMENTLAR YETISHMASLIGINI TASHQI
VELGILARIGA QARAB ANIQLASH
Vizual diagnostika uchun g’o’za o’simligining oziqlanishida ayrim mineral
elementlar yetishmasligining (yoki ortiqchaligining) xarakterli tashqi belgilarini
bilish lozim. O’simliklarda oziqlanishi buzil ganligining aniq tashqi belgilari dala
sharoitlarida faqat element juda yetishmagan takdirdagina va ko’pincha, o’sish
hamda rivojlanishining ancha keyingi fazalaridagina ko’rinsa ham vizual
diagnostika boshqa usullar (tuproqning agrokimyoviy tahlili, biometriya va
o’simliklarning kimyoviy diagnostikasi) bilan birga qo’llanilganda qishloq xo’jalik
ekinlarining kasallanish sabablarini aniqlashga va o’g’itlar yordamida ularning
oziqlanishiga o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi.
Tahlilning mohiyati. O’simliklar oziqlanishining viziual diagnostikasi
shunga asoslanganki, oziq moddalarning yetishmasligi yoki ortiqchaligi fiziologik