Page 24 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 24
bo’ladi, barglari sarg’ayadi.Temir elementi o’simlikdagi oksidlanish va qaytarilish
jarayonlarida muxim vazifani bajaradi.
Molibden - tanqisligini kislotali va qumli tuproqlarda kuzatish mumkin. U
yetishmasa o’simlik barglarida sariq dog’lar paydo bo’lib, xloroz kasalligiga
uchraydi.
Mis - yetishmasa o’simlik och yashil ranga kiradi, ko’p shoxlanadi, barglar
buralib qoladi. Doni puch bo’lib, hosil kam va sifatsiz bo’ladi.
Marganes - yetishmasa barg tomirlari orasida xloroz kasalligi paydo bo’lib
ola-bula, keyinchalik esa kulrang bo’lib qoladi, xlorofil hosil bo’lish jarayoni
buziladi, natijada o’simlik sekin o’sishi mumkin.
Rux - tanqisligi mexanik tarkibi, yengil unumdorligi past tuproqlarda
kuzatiladi. O’simlik to’pbargli yoki mayda bargli bo’lib qoladi. Odatda meva hosil
qilmaydi yoki mevalarining shakli xunuk bo’lib qoladi. Rux o’simlikning normal
rivojlanish, xlorofil va fotosintez jarayonlarida faol ishtirok etadi.
Nazorat savollari.
1.Tashqi diagnostika orqali qaysi oziq elementlari aniqlanadi?
2.O’simliklarda oziq elementlarni yetishmasligini oldini olish usullari nimalardan
iborat?
13-rasm. Organizm uchun zarur bo’lgan mikroo’g’itlar