Page 28 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 28

kesikning rangi rangli dog’lar shkalasi bilan solishtiriladi. Kaliy borligida HCI da
                  erimaydigan kaliy dipikrilaminat qizil-sarg’ish rangga ega bo’ladi (8-jadval)
                                                                                                      8-jadval
                               O’simliklarning kaliyli o’g’itlarga bo’lgan talabi shkalasi

                     K2O miqdori (aralash      Ball           Boyalish turi          Kaliyli o’g’itlarga talabi
                     moddaga nisbatan,%)
                              1                  2                 3                            4
                         0,54 - 0,023            5             Qizil-sariq                Talab qilmaydi
                          0,37-0,013             4           Qizil-to’q sariq          Kuchsiz talab qiladi
                          0,33-0,018             3             To’q sariq              O’rtacha talab qiladi
                          0,24-0,012             2          Sariq-to’q sariq               Talab qiladi
                          0,13-0,035             1             Och sariq                Kuchli talab qiladi
                               -                 0          Limon rang sariq         Juda kuchli talab qiladi.

                        Tahlil  natijalarini  baholash.  Nitratlar,  mineral  fosfor  va  kaliy  miqdorini
                  V.V.Serling shkalasi boyicha 3-4 ball bilan baholanganda odatda o’simlik tegishli
                  oziq  moddalarga  o’rtacha  ehtiyoj  sezgan  bo’ladi;  0-2  ball  bilan  baholanganda
                  ehtiyoj  kuchli,  4-6  ball  bilan  baholanganda  esa  ehtiyoj  kuchsiz  yoki  mutlaqo
                  ehtiyoj yo’qligi ma’lum bo’ladi.
                        O’simlik  rivojlana  borgan  sari  uning  oziq  moddalarga  o’rtacha  ehtiyoji
                  darajasi  ham,  optimal  ta’minlanganligi  ham  o’zgarib  boradi  va  boshqa  tegishli
                  ballar bilan baholanadi.
                        Talabalarning  har  bir  guruhi  (3-4  kishi  dan  iborat)  topshiriq  bilan  birga
                  V.V.Serling asbobini ishlatish qoidasini o’rganadilar.Ular barg vizual va kimyoviy
                  diagnostikasida olingan ma’lumotlar asosida o’simliklarning oziqlanish   meyorini
                  o’rganib,      ularni      oziqlantirish    to’g’risida      xulosa  chiqaradilar.  Barg
                  diagnostikasi natijalari kundalikka yozilib, o’qituvchiga topshiriladi.

                        O’simliklarning asosiy uchala elementlarining hammasi bilan oziqlanishning
                  kimyoviy diagnostikasi natijalari ekinlarning o’sishi va rivojlanishi ko’rsatkichlari
                  bilan taqqoslanib borish tashqi va ichki faktorlar, xususan ularning eng muhimlari -
                  tuproqning  xossalari,  ob-havo  sharoitlari  va  agrotexnikani  hisobga  olgan  holda
                  tahlil qilinishi lozim.

                    O’SIMLIK VA TUPROQ NAMUNALARINI AGROKIMYOVIY TAHLIL
                        ISHLARINI ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALARDA ANIQLASH
                         Tuproqlarni  unumdorligini  oshirish  va  muhofaza  qilishda  resurs  tejamkor
                  texnologiyalardan        samarali       foydalanish,       o‘g‘itlash      texnologiyalarni
                  takomillashtirishga oid  ilmiy amaliy izlanishlar, tuproqning organik moddalarini
                  saqlashni  va  tiklash,  tuproq  gumusini  boshqarish  atrof  muhitni  texnogen
                  chiqindilar va kimyoviy moddalar bilan ifloslanishining oldini olish, o‘g‘itlashning
                  yangi  texnologiyalar  hamda  ularning  texnik  iqtisodiy  jixatidan  baholash,  o‘g‘it
                  qo‘llashning  resurs  tejamkor  usullarini  to‘g‘ri  tanlash  va  tadbiq  etish,  ekinlar
                  hosildorligini oshirish va atrof muhitni sog‘lomlashtirish hozirgi kunning dolzarb
                  muammolaridandir. Bunday  mavzulardagi  mashg‘ulotlarni talabalarga  etkazishda
                  dunyoning  etakchi  davlatlarining  ilg‘or  tajribalariga  tayanish  ayni  muddaodir.
   23   24   25   26   27   28   29   30   31   32   33