Page 26 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 26
Kerakli material va asbob-anjomlar. Mineral oziqlantirish sharoiti turlicha
bo’lganda yetishtirilgan o’simliklarning yangi keltirilgan namunalari. V.V.Serling
asbobi (OP - 2, Serling), bu asbob komplektida tahlil uchun zarur barcha
reaktivlarning kapilnitsadagi eritmalari va quruq reaktivlar, namunalar qoyiladigan
shisha plastinkalar, britva, filtr, qog’oz, mikrotom bo’ladi.
Ishning bajarish tartibi.
Dastlab V.V.Serling asbobi,
analiz uchun zarur barcha
materiallar, reaktivlar va
asboblar bilan tanishib chiqish
lozim. Kimyoviy reaksiyalar
indikator organlarning (poya,
barg, bandi, barg plastinkasi
qirralarining) yupqa qilib
qirqilgan ko’ndalang kesimlari
bilan o’tkaziladi, bular britva
yoki bir xil qalinlikdagi
kesimlar olishga
moslashtirilgan qo’l mikrotom
yordamida tayyorlanadi.
14-rasm. O’simliklar oziqlanishi tahlil qilinadigan
OP-2 (Serling) asbobi.
Nitratlarni aniqlash. Oqartirilgan buyum oynasiga o’simlik kesimlari
joylashtirilib, ularning ustiga difenilaminning (kuchli sulfat kislotadagi) 1% foizli
eritmasidan bir tomchidan solinadi. Ko’k rangning ortib borayotgan ravshanligi
rangli dog’lar shkalasi bilan taqqoslanadi. Bordiyu nitratlar juda oz bo’lsa, dastlab
rangsiz bo’lgan kesik asta-sekin jigarrangga, keyin qora rangga kiradi (6-jadval).
Fosforni aniqlash. Buyum oynasiga doira shaklidagi filtr qog’oz joylanadi va
ularga 1-2 tomchidan ammoniy molibden eritmasidan tomiziladi. Hosil bo’lgan
dog’ning o’rtasiga o’simlik kesimlari qoyiladi va uni uchi yassilangan shisha
tayoqcha bilan bosiladi. Shundan keyin kesik olinadi, filtr qog’oz ustidagi shira
dog’iga esa benzidin eritmasidan bir tomchi va natriy atsetatning suvdagi
eritmasidan bir tomchi tomiziladi. Tezda paydo bo’lgan havo rang rangli doglar
shkalasi bilan taqqoslanadi (7-jadval).