Page 12 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 12
Quritish 105°C haroratda 6 soat davom ettiriladi. Byuksdagi namuna shisha
tayyoqcha bilan vaqti-vaqtida aralashtirilib turiladi. Sovutilgach massasi
aniqlanadi. Quritish namuna massalari orasidagi farq 0,0002 gr bo’lguncha yana 1-
2 soat davom ettiriladi.
Natija quydagicha amalga oshiriladi:
a - byuks, qum va shisha tayoqcha massasi; gr
b - byuks va namunani quritishdan ilgari massasi; gr
s - byuks va namunani quritishdan so’ng massasi; gr
d - absolyut quruq modda massasi; gr
d=s-a
ye - namuna massasi ye=b-a
Namunadagi quruq moddaning % miqdori quyidagi formula bilan topiladi.
d
.
X = ---------- 100 %
ye
Namlik quyidagicha hisoblanadi:
Y = 100 - x
bu yerda:
x - quruq modda % miqdori;
1- j adval
Olingan natijalarni qayd etish jadvali
Sana Namuna Byuksning Idishning Yangi Namuna Quruq
turi va raqami (tayoqcha namuna bilan modda
raqami va qum solingan quritilgan miqdori,
bilan) idishning idishning %
Og’irligi, g
Nazorat savollari:
1.O’simlik tarkibidagi quruq modda va namlikni aniqlashning asosiy maqsadi.
2.O’simlik tarkibidagi quruq modda va namlikni aniqlashning qaysi usullarini
bilasiz?
3.O’simliklarda quruq modda va namlikni miqdori.
O’SIMLIK TARKIBIDA «XOM KUL» MIQDORINI ANIQLASH
Mashg’ulotning maqsadi: O’simlik tarkibidagi xom kul miqdorini mufel
pechida kuydirib aniqlashdan iborat.