Page 7 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 7

3-rasm. Dioganal usulida quruq o’simlik namunasini  olish.

                                                  O’simlikni tahlilga tayyorlash
                        G’o’za o’simligining har xil organlaridagi oziq moddalar miqdorini aniqlash
                  uchun daladan olib kelingan o’simlik tezda bo’laklarga ajratiladi.
                        Namunalar olingan vaqtiga qarab quyidagicha bo’linadi:
                        Birinchi chin barg chiqarganda olingan namunalar bo’laklarga bo’linmaydi.
                        Shonalash  davrida  olingan  namuna  o’simliklar  barg  tugunchasi,  poya  va
                  g’unchaga bo’linadi.
                        O’suv davrining oxirida, pishib yetilish davrida olingan namuna o’simlik barg
                  tugunchasi,  poya,  ildiz,  pishgan  chanoq  va  pishmagan  chanoq,  paxta  hosili
                  chanog’idan ajratiladi.





























                                          4-rasm. O’simlik bo’laklalarini tahlilga tayyorlash


                        O’simliklar bo’lingandan so’ng ular quritiladi.
                        Poyalar  to’planib  har  bir  variant  alohida-alohida  qilib  bog’lanadi.  Har  bir
                  bog’ga yorliq yozib boylanadi.
   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11   12