Page 4 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 4

KIRISH

                        Respublikamizda  qishloq  xo’jaligini  ayniqsa  paxtachilikni  rivojlantirishga
                  katta e’tibor berilmoqda. Paxtachilikni jadallashtirish boshqa  ko’plab agrotexnik
                  tadbirlar bilan birga ekinlarni oziqlantirish rejimiga qat’iy rioya qilishni talab etadi.
                  Go’za  ekinlarini  oziqlantirish  ma’lum  qonuniyat  asosida  amalga  oshirilgan
                  taqdirdagina  ularning  hosildorligi  yuqori  bo’lib,  tuproq  eritmasining  tengligi
                  saqlanadi va ekologik vaziyatga zarar yetkazilmaydi.
                        G’o’zaning  o’g’itlarga  bo’lgan  ehtiyojini  aniqlash,  rejalashtirilayotgan  hosil
                  olish uchun oziq moddalarni qo’llash meyorini, muddatlarini va usullarini to’g’ri
                  belgilash  ana  shu  jarayonlarni  har  tomonlama  o’rganish  o’simliklarning

                  hosildorligini oshirishga va mahsulot sifatini yaxshilashga yordam beradi.
                        Fanni  o’qitishdan  maqsad  -  talabalarni  g’o’za  o’simligini  yetishtirishdagi
                  mineral va organik o’g’itlardan oqilona foydalanish, sifatli mo’l hosil olish usullari
                  bilan batafsil tanishtirishdan iborat.
                        Fanning  asosiy  vazifasi-paxtachilikda ishlatiladigan o’g’itlarning  xossalarini
                  va  xususiyatlarini  o’rganish,  ularni  qulay  usullarda  g’o’zaning  vegetatsiya
                  davrlarida qo’llash, paxtachilikda agrotexnikadan unumli foydalanish, paxtachilik
                  zonasi tuproqlarining unumdorligini saqlash va oshirish, paxtachilikda almashlab
                  ekish tizimini to’g’ri joriy etish, g’o’zaning o’sishi, rivojlanishi yuqori va sifatli
                  hosil  olish  muammolarini  hal  etish  kabilar  bilan  zamonaviy  pedagogik
                  texnologiyalar asosida tanishtiriladi.
                        Oliy  ta’lim  muassasalarida  o’qitilayotgan    «Paxtachilikda  agrokimyo»
                  ixtisoslik fani talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishi va amaliy faoliyatga
                  yo’naltirishga xizmat qilishi lozim.
                        Hozirgi  kunda  uzluksiz,  ilgarilovchi  oliy  ta’lim  tizimini  joriy  qilish  muhim

                  ahamiyat  kasb  etadi.  Bo’lg’usi  oliy  ma’lumotli  mutahassislar  paxtachilikdagi
                  faqatgina bugungi kundagi muammolarni o’rganish bilan  cheklanib qolmasliklari
                  kerak.  Ular  qishloq  xo’jaligidagi  mavjud  muammolarning  oqibatlarini  oldindan
                  ko’ra  bilishlari    va  faoliyatlarini  shunga  mos  holda  tashkil  qilishlari  zarurdir.
                  Buning uchun ilm izlash, o’rganish va unga amal qilish lozimdir.
                        Ushbu  uslubiy  qo’llanma  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  tomonidan
                  tasdiqlangan  dastur  va  kalendar  reja  asosida  yozilgan  bo’lib  Agrokimyo  va
                  agrotuproqshunoslik yo’nalishida ta’lim olayotgan bakalavrlarga mo’ljallangan.
                        Qo’llanmaga  paxtachilikda  agrokimyo  boyicha  amalda  bajariladigan  9  ta
                  laboratoriya ishlari kiritilgan. Dars davomida talabalar:
                        - G’o’za ustida amalga oshiriladigan tajribalardan  namunalar olish;
                        -Gigroskopik  namlik  va  quruq  modda  miqdorini  aniqlash.  “Xom  kul”
                        miqdorini aniqlash;
                        -G’o’za  navlari  tarkibidfgi  yalpi  azot,  fosfor  va  kaliy  miqdorlarini  bir
                  namunada aniqlash;
                        -G’o’za  uchun  belgilangan  o’g’it  meyoriga  agrokimyoviy  xaritanoma
                  ma’lumotlari asosida tuzatishlar kiritish;
                        -G’o’zada oziq  elementlar yetishmasligini tashqi belgilariga qarab aniqlash;
   1   2   3   4   5   6   7   8   9