Page 8 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 8
O’simlikning qolgan qismlarini doka xaltachalarga solib, yorliq yopishtiriladi.
Namunalar soyada yoki termostatda 45-60°C temperaturada quritiladi.
O’simlikni juda yuqori temperaturada quritishga yo’l qoyilmaydi, chunki
bunda ba’zi bir moddalar parchalanishi mumkin.
Biokimyoviy tahlillar uchun o’simlik 100-105°C da 20-30 daqiqa davomida
parchalantiriladi, so’ngra 60 °C da quritiladi.
To’liq ochilgan va pishmagan chanoqdagi paxta quritiladi, so’ngra umumiy
paxtaga qo’shiladi. Shoxlari umumiy shoxchalar bilan birlashtiriladi. Shundan
so’ng, g’o’za organlarining ayrim bo’laklari 0,01 g aniqlikdagi texnik tarozida
tortiladi.
5-rasm. Laboratoriya xonasi
Tahlillar aniq bo’lishi uchun namunani to’g’ri tanlab olish kerak.
O’simlikning hamma organlari paxtadan tashqari sekatorda yaxshilab maydalanib
ezilishi kerak. Poya boshidan boyiga qarab kesiladi, so’ngra 0,2-0,5 sm bo’laklarga
bo’linadi, o’simlik poyasi xo’lligida kesilgani ma’qul.
Shoxcha va barglar qo’l bilan maydalanadi. Tayyorlangan har bir o’simlik
organlari katta qog’ozga yoyib chiqiladi. So’ngra shpatel bilan 4 bo’lakka
bo’linadi, 2 ta qarama - qarshi bo’laklar olinadi, qolgan 2 bo’lagi yana
aralashtiriladi. Bu aralashtirilgan namuna yarim namuna bo’lib o’rtacha namunani
tashkil etadi. O’rtacha namuna tarkibi bir xil bo’lishi kerak. Tahlilga olingan,
o’rtacha namunani laboratoriya tegirmoni yoki elektr tegirmonidan foydalanib
maydalab olinadi.
6-rasm. Laboratoriya tegirmoni (Elektr maydalagish)